May 13, 2025

Fakultetlararo chet tillar kafedrasida navbatdagi ma’rifat soati.

2025-yil 13-may kuni Fakultetlararo chet tillar kafedrasida "15-may Xalqaro oila kuni" mavuzsida navbatdagi "Ma'rifat" soati o'tkazildi.

Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentabrdagi yalpi yig‘ilishida 1994-yildan boshlab 15-may kunini- Xalqaro oila kuni deb belgilangan.

Bugungi kunda xalqaro oila kunini keng nishonlash mamlakatimizda ham an'ana tusiga kirib ulgurgan.

Oila — jamiyatning asosiy boshlang‘ich bo‘g‘ini, go‘zal urf-odatlar, milliy qadriyat va an’analarlarni o‘zida asrovchi, asrlar osha tarbiyada o‘ziga xos milliylikni shakllantiruvchi muqaddas maskan. Oila tinch bo‘lsa, mahalla tinch, jamiyat farovon, davlat mustahkam bo‘ladi.

Dunyo bo‘ylab 15 may — Xalqaro oila kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu kunning tarixiga nazar soladigan bo‘lsak, Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasining 1993 yil 20 sentyabrdagi yalpi yig‘ilishida 15 may kuni Xalqaro oila kuni deb belgilangan. Bundan asosiy maqsad dunyo jamoatchiligini oiladagi muammolarni bartaraf etish, oila qadriyatlarini mustahkamlash, munosabatlarni tartibga solishdir.

Mamlakatimizda yoshlarning turmush qurish oldidagi tayyorgarligidan to barpo etilgan oilaga e’tibor, ularni qo‘llab-quvvatlash, ehtiyojmand oilalarning muammolarini hal etish, oila vakilllarining tibbiy, ijtimoiy, huquqiy xizmatlardan foydalanishi uchun imkon yaratish kabi qator yo‘nalishlarda zarur shart-sharoitlar qilinmoqda. Mahalla fuqarolar yig‘ini vakillari oilalar bilan ishlab, ular holidan xabar oladi,