Paths of life
-mina, mina nima qilib qo‘yding, sen nimalar qilib qo‘yding. Ahmoq qiz.
Yoongining ovozi biroz titrab chiqdi. Tezda qizning ustiga o‘z ust kiymi bilan hamma ochiq yerlarini yopib, dast ko‘tarib mashinaga yugurdi.
Yoongi qizni mashinaga olib chiqib old o‘rindig‘iga joylashtirib, o‘zi haydovchi o‘rindig‘iga jayolashib, mashinaning shiynalarini chiyyilatib uy oldidan g‘oyib bo‘ldi.
Shifoxona
-kim bor, hoy yordam bering kim bor.
Shifoxona ichkarisidan tungi navbatshiligidagi erkak shifokor chiqib keldi. Yoongining yuzini jiddiylik egalladi.
-ayol shifokor yo‘qmi.
-janob tungi navbatchilikda...
Yigitning gaplari tugamasdan avval Yoongining qichqirig‘idan sakrab tushdi.
Oradan 10 daqiqa o‘tgach. Ayol shifokor yetib keldi.
-tezroq qizni ranimatsiya honasiga olib kiring.
Qizni ranimatsiya honasiga olib kirishgach oradan 5 soat vaqt o‘tdi.
Yoongi shifokorlardan javob kutib ko‘zlari to‘rt bo‘lib ketdi. Goh skameykalardan biriga, goh devorga suyanib kutardi.
Ranimatsiya honasini qizil chirog‘i o‘chgach hamshiralar shifokorlar chiqa boshlashdi.
-honim ayolimning ahvoli yaxshimi.
-hali u murg‘akkina qiz sizni ayolinggizmi. Qanday qilib 16 yoshli qizcha sizning ayolinggiz bo‘lishi mumkin. Men hatto tushunmadim. Qanday qilib. Siz ham odammsiz. Agar men yana 5 daqiqa kechikkanimda qiz tirik qolmas edi.
-uzur honim ammo, uning ahvoli yaxshimi.
-hozir axvoli unchalik yaxshi emas. Yana 1 oy shifoxonada davolanadi sizni ko‘rishni istamapyti qizcha katta ruxiy travma olgan, shuning uchun siz uni be‘zovta qilmay turing endi keting.
-Minaga dorilar kerak emasmi.
-sizdan qizchaga hech narsa kerak emas.
Yoongi qizni ahvoli unchalik yaxshi emasligini bilgach yuragi qizni qanchalik ko‘rishga oshiqsa ham shifokorni aytganini qilib, binoni tark etdi.
Qiz Yoongining shifoxonani tark etayotganini ko‘rib ichidan ancha yengil tortdi.
Ammo yuragida qandaydir og‘riq bor edi va bo‘shliq. Bu bo‘shliqni Kim Taehyoung endigina to‘ldirayotgan bir paytda Yoongi qizning yuragida katta darcha ochdi. Ana endi u darcha hatto Taehyoung ham to‘ldirishi amri mahol.
__mana endi qochishim mumkin ammo qanday, men shifohonadan qochsam ham u maxluq meni baribir topib boradi. Lekin Kim Taehyoungni ko‘rishni istayman.
Men o‘z o‘y hayollarimni o‘zim tushunolmayapman. Qalbim og‘riyabdi. O‘z ishongan dugonam meni shunchaki tashlab ketgani uchun qalbim og‘riyabdi, bu og‘riq qachon bosilshini bilmadam bilolmadim, lekin bu og‘riq ancha yillar davomida mana shu yerimda saqlanib qolar balki tezda unutib yuborarman. Charchadim hamma hammasidan charchadim. Men otam vafot etgan kuni o‘lib bo‘lganman shunchaki ruhim o‘lik-u tanam tirik. Bunday yashash bunchalik qiyin bo‘lshini bilmagan edim. Yuragim hoziroq toxtasayu men otam va onamning yonlariga uchib ketsam.
Qizning ko‘zlaridan shashqator yosh oqa boshladi.
-honim sizga turish mumkin emas edi joyinggizga joylashing.
-menga telefoningzni berib turaolasizmi.
-ha be‘malol.
Mina tezda telefonni qo‘liga olgancha Taehyoungni raqamini terdi.
-salom bu Kim Taehyoung sizni menda qanday ishinggiz bor.
Yigit biroz behavotir ohangda gapirdi.
-Ta. Taehyoung.
Yigit qizni ovozini eshitdyu o‘tirgan joyidan sakrab turdi.
-Mina Mina axvoling yaxshimi, senga hech narsa qilmadimi.
-men, men yaxshiman o‘zingchi.
Minaning yoshlari ko‘payib oqa boshladi.
-qayerdasan.
-qayerdaligimni aytaolmayman, sening ovozingni eshitishni istadim..
-nega aytolmaysan, ayt.
-yo‘q kechir yaxshi bo‘lsang men hursandman.
Qo‘ng‘iroq yakunlandi. Bir tomonda yigit ovozini chiqarib qattiq yeg‘lasa bir tomonda qiz yeg‘lardi ikkovini ham yeg‘layotganini ko‘rgan yuraksiz odamning ham ko‘zidan yosh chiqardi. Ular shunchalar dard bilan yeg‘lardiki ta‘riflashga til ojiz.
-honim, honim sizga qattiq yeg‘lash siqilish mumkin emas iltimos o‘zingizni qo‘lga oling.
-men nima qilay ayting, men nima qilay charchadim, hammasi jonimga tegdi. Nega bu taqdir bunday meni qiynayveradi. Axir men hali yoshman men otamning bag‘ridagi murg‘ak bola edim. Men hatto tuxumdan chiqmagan chaqaloqdek edim. Qanday qilib, tuxumdan chiqmagan jo‘jani majburlab tuxumdan chaqib olishsa nima bo‘ladi. U jo‘ja hayotda qanday yashaydi. Onasiz otasiz qanday yashaydi.
Mina uvvos solib yeg‘lay boshladi.
-honim Mina honim, bu hayot hamma narsaga majburlaydi. Barcha sinovlarga tayyor turish kerak honim o‘ylamang. Hopmi bularni hech birini o‘ylamang.
Mina hamshira qizning bag‘rida yeg‘lab-yeg‘lab uxlab qoldi.
Hamshira asta qizni yotoqga joylashtirib honani tark etdi.
-omma
Mina qandaydir bir go‘zal tabiatda uyg‘ondi. U tabiat shunchalar go‘zal ediki hatti tariflashga til ojiz. Va qizning to‘grisida Kan Mari honim mayin tabassum bilan turardi.
-omma.
Qizning bu chaqirig‘idan so‘ng Honimning mayin tabasummi yo‘qolib o‘rnini g‘amginlik va biroz jaxl bor edi.
-omma
Mina 3 chi bor onasiga hitob qilgancha 2 qadam tashladi. Shunda Kan honim ortga tisarildi.
-qayerga omma.
Qiz endi ommasining ortidan yugura boshladi. U qanchalik tez yugurib honimga yetib olishga harakat qilmasin honim undan o‘zib ketardi.
-omma nega mendan qochyabsiz men sizni hafa qildimmi, omma iltimos mendan qochmang omma.
Qiz baland baland baqirsa ham sado yo‘q Kan honim toxtadi va ortidan yeg‘lab baqirayotgan qiziga qaradi.
-omma.
Mina biroz tabassum bilan yana bor qadam tashlaganda bordan Janob kim Sehan paydo bo‘ldi.