๐๐๐๐ฃ๐ฃ๐๐ฃ๐ ๐ฅ๐๐๐๐จ ๐๐๐ฃ๐๐๐ ๐ฝ๐ฎ_๐๐๐ฃ ๐ผ๐๐ง๐ His Darkness miy Dom
Koreya. Seoul soat ertalabki 7:25 ni ko'rsatmoqda. Insonlar allaqachon uyg'onish bilan ishga ketishga ham tayyorlanishmoqda. Seoulning ko'p qavatli baland binolaridan birida hayot kechiradigan opa singillar allaqachon uyg'onishga ulgurishgandi.
- Ari bugungi rejalaring qanday? - sanchqini yegulikga qadagancha dedi Minsu
- Bugun kechqurungacha ishlamoqchiman. Chunki ikki kundan keyin yangi loyihamni taqdimoti bo'ladi. - Pichoq bilan qovurilgan tuxumni kesgancha dedi
- Hali ham Jae bilan gaplashmayapsizmi? - Minsu suvni ho'plagancha dedi
- Deyarli ha. Chunki faqat ishda gaplashayapmiz. - Ari Minsuga jilmayib dedi
- Ari bas qilinglar sizlar ahir eng yaqin dugonalarsiz. - Minsu ikki qo'lini qovushtirgancha dedi
- Voy meni vaqtim bo'libdi. - soatiga qaragancha - Hayr Onnie men kettim. Ishga kech qolayapman- Ari Minsuni quchgancha yuzidan o'pib qo'ydi va yugurib ketib qoldi.
- Eh Ahmoq qiz. Darrov bir narsa haqida gaplashaylik desam qochadi. - Minsu uning ortidan qarab qolgancha dedi
Minsu nonushtasini qilib bo'lgach og'zini shu yerdagi qog'oz sochiqcha bilan artdi. Endi o'rnidan turaman deganda eshik qo'ng'irog'i jiringladi.
- Ehh Ari senga shoshilma deymanku yana nimani unutding. - Minsu eshik tomon borarkan shunday deb o'ziga o'zi gapirdi.
Minsu eshikni ocharkan yuzi birdan yorishib ketdi. Qarshisidagi qizni birdan quvonchdan quchib oldi.
- Dahye. Jonim meni qachon kelding - Minsu birdan Dahyeni quchgancha.
- Onni. Yaxshimisiz. Sizni juda sog'indim - Dahye ham Minsu ni quchgancha
- Men Ari deb o'ylabman. Kel jonim meni o'zimni senga aytadigan gaplarim juda ko'p - Minsu Dahyeni ikki yelkasidan quchgancha uyga kirgizdi.
Kunning yaxshi boshlanishi davom etarkan. Ish joyiga kelib endigina taksidan tushgan Ari hush kayfiyatdan hayron holatga o'tdi.
Kompaniya yonida hamma hodimlar huddiki prezidentni kutayotgan halqdek turishgandi. Ari hayron bo'lib hodimlar qatorida ko'rgan dugonasi Yisu ning yoniga bordi. Uni turtgancha hayron so'radi Ari
- Hoy Yisu. Bu yerda nimalar bo'layapti. Nega hamma yig'ilib olgan.
- Salom Ari. Kompaniya teng aksiyadorlari Janob Jeon va Janob Park o'rtasida kelishmovchilik yuzaga kelibdi. Endi kompaniya ikkiga bo'linarkan va eng qizig'i endi kompaniyani ularning og'illari boshqarar ekan - Yisu Ariga hayajon bilan hammasini aytib berdi.
- Nima? Ahir bizchi. Bizga nima bo'ladi. - Ari birdan qichqirib yubordi.
- Bizni teng bo'lib olisharkan. - Yisu Arini qo'lidan ushlagancha dedi
- To'xta to'xta. Adashmasam janob Parkning katta og'li Park Jimin kompaniyani boshqaradi shundaymi. - Ari biroz tahlilga uringancha dedi
- Ha ahir kichik o'g'li hali kichkinaku - Yisu biroz qaynoqlik bilan dedi
- Yo'q faqat u emas. - Ari asabiy pichirladi.
- Nima nimadir dedingmi - Yisu Ariga eshitmagan ifoda bilan qaradi.
- Yo'q hechnima. - Ari asabiy peshonasini ushlab dedi
- Ana ular kelishdi. - Yisu shu yerga kelib to'xtagan Gelik va mersedez benz rusumli mashinalarga imo qildi.
Ari asabiy boshini ko'tararkan Mashinadan tushgan Jiminni ko'rib yana yuzini yashirishga urindi. Yisu Jeon Jungkook va Park Jimin yani korhona yangi direktorlarini diqqat bilan tomosha qildi.
Jeon Jungkook qop qora stillda mashinasiga hos tarzda kiyingandi. Uni Yisu diqaat bilan kuzatgandan biroz uzoq tikilib qolishga ham ulgurgandi. Bu kelishgan yigitning qad qomati har bir qizni es hushidan ayirishga yetardi.
Park Jimin esa oq rangli stillda edi mashinasi ham uslubiga hos tanlangan ekan unga Ari hatto boshini ko'tarib ham qaramadi. Jimin esa nigohlari ila yuzlab hodimlar ichidan Arini qidirdi.
Ko'p qavatli uyning mehmonhonasida o'tirgan ikki qiz tinimsiz kulgu ila suhbat qurisharkan. Dahye Minsuning kulgusiga mayin tikilib dedi
- Onni sizni juda sog'inibman. - Dahye Minsuni qo'lini ushlagancha dedi
- Men ham seni juda Sog'inganman. - Minsu ham qo'li ustiga qo'lini bosib Dahyega jilmaydi. - Ha ya kechqurun sen bilan bir joyga boramiz.
- Qanaqa joy ekan. - Dahye hayron tikildi.
- Ish bo'yicha kompaniyamiz 10yilligi munosabati bo'yicha kechqurun ziyofat bo'ladi. Arini ishi bor ekan. Endi sen bilan boramaan yolg'iz borish niyatim yo'q - Minsu jilmaygancha Dahyega tikildi
- Mayli Onni muammosi yo'q. Kechqurun bo'shman. Men agar Ahri va Ari kelsa ular bilan kechki suhbat o'tkazamiz degandim. - Dahye bosh silkigancha jilmaydi.
- Ahri maktabda. Ari esa kun bo'yi ishda yarim kun ishlaydigan faqat menman bu uyda. - Minsu hazilomus ohangda dedi
- Ha Ahrini oqishlari yaxshimi - Dahye birdan so'radi.
- Hecham shu qizni tarbiyasini tog'irlay olmayapman. Juda ham betga chopar bo'lgan. - Minsu biroz ho'rsindi.
- Ha hech qisi yoq. Hozir o'smir yoshda. - Dahye Minsuga kayfiyat bag'ishlab dedi
- Ha balki yaxshi bo'lar. Umid qilayapman. - Minsu ham jilmaygancha dedi
Hodimlar kutish zalida boshliqlarni kutisharkan. Kechikib kirgan Jaewonga Ari va Yisu tikilib qoldi. Ari biroz arazlagani uchun Jaewondan tez qochdi. Yisu esa Jaewon bilan tabassum ila salomlashdi.
- Salom. Uzur kech qoldim. - Jaewon shunday degancha qo'lidagi hujjatlarni stol ustiga qo'ydi
- Bu safar ham dugonalaring mehmon qildimi deyman kech qolding - Ari kinoya bilan gapirdi.
- Ari bilasanku meni sen va Yisu dan boshqa dugonam yo'q - Jaewon Arini yoniga o'tirgancha
- Rostdanmi? - Ari Jaewonga tikildi
- Ha rostdan - Jaewon Ariga kuldi
- Unda hop yaxshi. - Ari kichik barmog'ini yarashish maqsadida cho'zdi.
- Yarashdikmi - Jaewon ham kichik barmog'i bilan Arini barmog'ini siqqancha dedi.
- Yarashdik - Ari bilan barmoq siqishib yarashishdi - Yangiliklarni eshitdingmi
- Ha eshitdim. Yangi boshliqlarimiz qani. Rostdan ham Park Jiminmi Ari men noto'g'ri eshitmadimmi - Jaewon savol tariqasida so'radi
- Ha afsuski - Ari bosh egib ho'rsindi.
Ikki boshliq hodimlar honasiga kirishdi. Ularning sovuq va iliq atmosferasi birlashar ekan. Ari yana nigohlarini Jimindan olib qochdi. Jungkook honaga kirgandan etibori birinchi bo'lib quyon ko'zchalarga tushdi. Yisuning etibori esa Jungkookga qaratildi.