March 4

Zavod atrofi tabiiy muhiti ekologlar nazoratida 

Ruscha

“Uzbekistan GTL” zavodida Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga qarashli Respublika Davlat ekologik ekspertizasi markazi ekspert va hududiy ekologiya boshqarmasi mutaxassislaridan iborat ishchi guruh o‘rganish olib bordi.

Asosiy maqsad atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, zavodda hosil bo‘ladigan ishlab chiqarish chiqindilari, atmosfera havosiga tashlanadigan manbalarni xatlovdan o‘tkazishdan iborat.

O‘rganish jarayonida Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan “Uzbekistan GTL” MCHJ uchun ishlab chiqilgan “Atrof muhitga ta’sir bayonoti” ekologik me’yoriy hujjati va ekspertiza xulosasida belgilangan chora-tadbirlarning ijrosi yuzasidan tanishuv-monitoring ishlari olib borildi.

Monitoring natijalari ekspertlar tomonidan tavsiya etilgan chora-tadbirlar to‘liq bajarilgani, zavod atrof tabiiy muhiti ekologlar tomonidan to‘liq nazoratga olinganini ko‘rsatdi.

“Uzbekistan GTL” MCHJ PR xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook