June 30, 2023

“O‘zbekneftgaz”: Rahbarlik lavozimiga tayinlov amalga oshirildi

Ruscha

“Uzbekistan GTL” mas’uliyati cheklangan jamiyati direktori lavozimiga Bahadirov Alisher Shukuraliyevich tayinlandi.

Alisher Bahadirov shu kunga qadar, "O‘zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyati Gazni qayta ishlash va gazkimyo departamenti boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

U o‘z faoliyatini 2000 yilda “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi" unitar shoʻba korxonasi polietilen sexi kuzatuvchisi, smena muhandisligidan boshlagan. O‘tgan yillar davomida "O‘zbekneftgaz" aksiyadorlik jamiyatida uglevodorodlarni chuqur qayta ishlashni rivojlantirish bo‘yicha samarali faoliyat yuritib kelayotgan mutaxassislardan hisoblanadi.

"O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati

|web-sayt|instagram|telegram|