March 5

“Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni muborak

Ruscha

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi binosida O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni sovrindorlarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Unda 8 mart – xalqaro Xotin-qizlar kuni bayrami munosabati bilan sovrindorlarga “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Taqdirlanganlar orasida “O‘zbekneftgaz” AJga qarashli I.M. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti Toshkent shahridagi filiali kafedra dotsenti Shoira Namozova ham bor.

Shoira Namozovani mazkur mukofot bilan chin dildan muborakbod etgan holda, neft va gaz sohasidagi faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook