Uchta xalqaro sertifikat qo‘lga kiritildi
“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi "Management Certification" xalqaro sertifikatlash tashkiloti tomonidan taqdim etilgan uchta sertifikatni qo‘lga kiritdi.
Birinchi xalqaro sertifikat - "ISO 14001:2019" Ekologik menejment tizimi, ikkinchisi esa "ISO 45001:2020" Sog‘liqni muhofaza qilish va xavfsiz mehnatni ta’minlash menejment tizimi uchun taqdim etildi.
Qo‘lga kiritilgan sertifikatning uchinchisi bugungi kunda jahon miqyosida ish faoliyat samaradorligi va sifatini oshirishga qaratilgan nufuzli “ISO 9001:2015” – sifat menejmenti tizimi uchun topshirildi. U boshqarma boshqaruv tizimining sifatiga bevosita bog‘liqdir.
Ushbu sertifikatlar boshqarmada bu borada samarali ishlar yo‘lga qo‘yilganligini ko‘rsatadi.
“O‘zbekneftgaz” AJ rivojida munosib hissa qo‘shuvchi ushbu xalqaro standartlar Gazli neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasidagi mehnat unumdorligi, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda yuqori sifatli mahsulotlar tayyorlanishida muhim o‘rin tutadi.
"O‘zbekneftgaz" AJ Boshqarma xodimlarini bunday e’tirof bilan samimiy muborakbod etadi.