September 18, 2023

Vakant lavozimlar uchun tanlov

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli Muborak, Gazli, Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmalari va Muborak gazni qayta ishlash zavodida Operatsion samaradorlik xizmati boshlig‘i lavozimiga ochiq tanlov e’lon qiladi.

Operatsion samaradorlik xizmati boshlig‘iga qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablar quyidagilardan iborat:

• ma’lumoti: oliy;
• ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: texnika va iqtisod, texnologiya, iqtisod;
• tillarni bilishi: rus va o‘zbek tillari – og‘zaki va yozma nutq erkin (ingliz tilini bilish qo‘shimcha afzallik sifatida baholanadi);
• kompyuter savodxonligi: Microsoft office (Excel, Word, Powerpoint);
• ish tajribasi: neft va gaz sohasida kamida 5 yil muhandis-texnik lavozimlarda ish tajribasi (Rahbarlik lavozimlarda ish tajribasi qo‘shimcha afzallik sifatida baholanadi).

Bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha talablar:

• korxona texnologik jarayonlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lish;
• korxona ishlab chiqarish jarayonlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lish;
• korxonani boshqarish iqtisodiy asoslari, operatsion samaradorlikni baholash va oshirish, xarajatlar va ularni optimallashtirish usullari to‘g‘risida yetarli nazariy bilimga ega bo‘lish.

Nomzodlar rezyume/anketalarini ushbu elektron manziliga yuborishlari lozim: [email protected].

Batafsil ma’lumotlar uchun +(99871) 207-27-72 (ichki raqam 23-36) telefon raqamiga murojaat etish mumkin.

Ma’lumot uchun: "O‘zbekneftgaz" AJ tarkibiga kiruvchi boshqarma, zavod va korxonalarda faoliyat yurituvchi yuqoridagi talablarga mos keluvchi nomzodlar tomonidan kelib tushgan arizalar birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi.

"O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube