March 11

Murojaatlar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kamaydi

Ruscha

2024 yil yanvar-fevral oylarida “O‘zbekneftgaz” AJga jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 139 ta murojaatning barchasi boshqaruv apparati, boshqarma va korxonalar kesimida tahlil qilindi. Tahlillar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 36,2 foizga kamayganini ko‘rsatdi.

Murojaatlarning 129 tasi jismoniy, 10 tasi yuridik shaxsdan kelib tushgan bo‘lib, ularda quyidagi masalalar ko‘tarilgan:

• 19 tasi (21%) ish masalasi;
• 38 tasi (13%) yoqilg‘i masalasi;
• 17 tasi (12%) ish haqi, moddiy yordam;
• 8 tasi (5%) mehnat munosabatlari;
• 12 tasi (15 %) rahbarlarning noqonuniy hatti-harakati;
• 8 tasi gaz ta’minoti;
• 33 tasi (34%) boshqa masalalarni tashkil etdi.

Nazoratga olingan jami 139 ta murojaatdan, 73 tasi qanoatlantirilgan, 39 tasi bo‘yicha tushuntirishlar berilgan, 9 tasi rad etilgan, 18 tasi ish jarayonida.

Shuningdek, Prezident virtual qabulxonasi, Xalq qabulxonalaridan jami 70 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ulardan 50 tasi ijrosi ta’minlandi, 18 tasi ko‘rib chiqilmoqda.

285 ta murojaatga rasmiy veb-saytdagi “Onlayn-maslahatchi” xizmati orqali, 549 tasiga “Ishonch telefoni” orqali tezkor javob va tushuntirishlar berildi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram| telegram | youtube | facebook