September 11, 2023

Vakant lavozimlar uchun tanlov

Ruscha

“O‘zbekneftgaz” AJga qarashli Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasiga Operatsion samaradorlik xizmati boshlig‘i va operasion samaradorlik xizmati yetakchi mutaxassisi lavozimlariga malakali mutaxassislar uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

Qo‘yiladigan kvalifikatsiya talablari.

Operatsion samaradorlik xizmati boshlig‘i:

ma’lumoti: oliy;
ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: texnika va iqtisod, texnologiya, iqtisod;
tillarni bilishi: rus va o‘zbek tillari – og‘zaki va yozma nutq erkin (ingliz tilini bilish qo‘shimcha afzallik sifatida baholanadi);
kompyuter savodxonligi: Microsoft office (Excel, Word, Powerpoint);
ish tajribasi: neft va gaz sohasida kamida 5 yil muhandis-texnik lavozimlarda ish tajribasi (Rahbarlik lavozimlarda ish tajribasi qo‘shimcha afzallik sifatida baholanadi).

Bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha talablar:
• korxona texnologik jarayonlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lish;
• korxona ishlab chiqarish jarayonlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lish;
• korxonani boshqarish iqtisodiy asoslari, operatsion samaradorlikni baholash va oshirish, xarajatlar va ularni optimallashtirish usullari to‘g‘risida yetarli nazariy bilimga ega bo‘lish.

Operatsion samaradorlik xizmati yetakchi mutaxassisi:

ma’lumoti: oliy;
ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: texnika va iqtisod, texnologiya, iqtisod;
tillarni bilishi: rus va o‘zbek tillari – og‘zaki va yozma nutq erkin (ingliz tilini bilish qo‘shimcha afzallik sifatida baholanadi);
kompyuter savodxonligi: Microsoft office (Excel, Word, Powerpoint);
ish tajribasi: neft va gaz sohasida kamida 1 yil muhandis-texnik lavozimlarda ish tajribasi.

Bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha talablar:
• korxona texnologik jarayonlari bo‘yicha yaxshi nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lish;
• korxona ishlab chiqarish jarayonlarining texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha yaxshi nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lish.

Nomzodlar rezyume/anketalarini ushbu elektron manziliga yuborishlari lozim: [email protected].

Eslatma:

• Ish joyi: Sho‘rtan neft va gazni qazib chiqarish boshqarmasi (nomzodlar, zaruratga qarab, "O‘zbekneftgaz" AJ tarkibiga kiruvchi boshqa boshqarma va zavodlarda operatsion samaradorlik xizmatida mavjud vakansiyalarga ham ko‘rib chiqilishi mumkin.)

• "O‘zbekneftgaz" AJ tarkibiga kiruvchi boshqarma, zavod va korxonalarda faoliyat yurituvchi yuqoridagi talablarga mos keluvchi nomzodlar tomonidan kelib tushgan arizalar birinchi navbatda ko‘rib chiqiladi.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube