November 18, 2023

O‘zbekiston bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligiga bag‘ishlandi

Ўзбекча

Mamlakatimizda Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi keng nishonlanmoqda.

“O‘zbekneftgaz” AJ Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan markaziy apparat, zavod, boshqarmalari va neft bazalari xodimlari o‘rtasida ham “Bayrog‘im faxrim” shiori ostida chellendj o‘tkazildi.

Respublika suveriniteti va mustaqilligini ifodalovchi muqaddas timsollaridan biri bo‘lgan bayrog‘imizga chellendj orqali hurmat va e’tibor ko‘rsatildi.

Ushbu tadbir orqali bayrog‘imizning qabul qilinish tarixi, mazmun mohiyatini tushinish maqsadida Jamiyat xodimlari bir-biri bilan o‘zaro fikir almashdi.

Shuni ta’kidlash kerakki, davlatimiz bayrog‘i tinch va osoyishta, ozod hamda erkin hayotimiz, yorug‘ kelajagimizga bo‘lgan ishonchimiz timsolidir.

“O‘zbekneftgaz” AJ Axborot xizmati

web-sayt | instagram | telegram | youtube