Hurmatli Chirchiq shahar va Bo‘stonliq, Qibray, Yuqorichirchiq Parkent tuman fuqarolari!
Bosh sahifa | Русский язык
💧Aholining ichimlik va oqova suv xizmatlari sohasidagi murojaatlarini ko‘rib chiqish maqsadida “Toshkent suv ta’minoti” AJ rahbariyati boshchiligida joriy yilning 14-may kuni Chirchiq shahar va Bo‘stonliq, Qibray, Yuqori Chirchiq Parkent tumanlarida fuqarolar uchun sayyor qabul bo‘lib o‘tadi.
Sayyor qabul o‘tkaziladigan manzili va soati:
📍Manzil:Chichiq shahri “Kimyogarlar” bog’ida soat 09:00da;
– “Toshkent suv ta’minoti” AJ Bo‘stonliq tumani filiali binosida soat 09:00da;
– Qibray tumani Do‘rmon madaniyati saroyi binosida soat 10:00da;
– Yuqori Chirchiq tumani “Saksonota” MFY binosida soat 14:00da;
– Parkent tumani “Boyqozon” MFY binosida soat 14:00da.
📝Sayyor qabulda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlarga oid murojaatlaringiz va takliflaringiz bilan ishtirok etishingiz mumkin.
“Toshkent viloyati suv taʼminoti” AJ Matbuot xizmati
🔵Cabinet 💧Bot 🕊Telegram 📱Facebook 📲Instagram 📺Youtube 🌐Website 📨Chat