7-Andijon viloyati saylov okrugidan
7-Andijon viloyati saylov okrugidan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Isroiljon Abdumutalibovich Nishonov 1985-yil 15-fevralda Andijon viloyati, Asaka tumanida tug‘ilgan.
Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.
2008-yili O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – ingliz tili o‘qituvchisi.
2023-yildan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasida ta’lim jarayonini tashkil etish sho‘basi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
U o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalab, kasb-hunar ta’limi sifatini oshirishga o‘z hissasini qo‘shib kelmoqda.
Tashabbuskor, muhtoj insonlarga beminnat yordam beradigan halol, mas’uliyatli va qat’iyatli inson.
Oilali,ikki nafar farzandi bor.
Isroiljon Nishonov aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;
– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;
– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;
– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;
– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;
– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;
– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.