10-Andijon viloyati saylov okrugidan
10-Andijon viloyati saylov okrugidan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Zulfira Xoshimovna Davlatova1969-yil 29-sentabrda Andijon viloyati, Marhamat tumanida tug‘ilgan.
Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.
1990-yili Namangan davlat pedagogika institutini tamomlagan. Ixtisosligi – kutubxonachi-bibliograf.
2019-yildan Andijon viloyati Marhamat tumani axborot-kutubxona markazi direktori lavozimida ishlab kelmoqda.
U yuksak salohiyatli nazariy va amaliy tajribaga ega tashkilotchi sifatida aholini o‘ylantirib kelayotgan muammolarga yechim topishda fidoyilik ko‘rsatgan.
Siyosiy yetuk, tajriba ega, mas’uliyatli va qat’iyatli inson.
Oilali, besh nafar farzandi bor.
Zulfira Davlatova aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;
– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;
– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;
– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;
– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;
– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;
– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.