25-Namangan viloyati saylov okrugidan
25-Namangan viloyati saylov okrugidan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Abdulla Nuritdinovich Rasulov 1959-yil 1-yanvarda Namangan viloyati, Namangan shahrida tug‘ilgan.
Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.
1985-yili Toshkent davlat universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – tarixchi-jamiyatshunos.
2018-yildan Namangan davlat universiteti “Tarix” kafedrasi professori vazifasida ishlab kelmoqda.
U nazariy va amaliy tajribaga ega bilimli, salohiyatli olim sifatida o‘zini namoyon etgan. 50 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifi hisoblanadi. Uning ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash borasidagi qator takliflari mamlakatimiz ta’lim tizimini rivojlanishida keng qo‘llanilmoqda.
Universitet jamoasi va talabalar o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega, mas’uliyatli va qat’iyatli inson.
Oilali, uch nafar farzandi bor.
Abdulla Rasulov aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;
– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;
– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;
– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;
– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;
– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;
– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.