26-Namangan viloyati saylov okrugidan
26-Namangan viloyati saylov okrugidan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Otabek Zokirjon o‘g‘li Maxsudjonov 1994-yil 4-aprelda Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan.
Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.
2017-yili Namangan davlat universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi.
2023-yildan Ishoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti tasarrufidagi Ishoqxon Ibrat-Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi direktori vazifasida ishlab kelmoqda.
U nazariy va amaliy tajribaga ega salohiyatli rahbar sifatida o‘zini namoyon etgan. 30 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi hisoblanadi. Mas’uliyatli rahbar sifatida hamkasblari orasida hurmat qozongan, jamoat ishlarida faol, tashkilotchi sifatida aholi orasida obro‘-etiborga ega.
Oilali, bir nafar farzandi bor.
Otabek Maxsudjonov aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;
– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;
– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;
– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;
– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;
– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;
– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.