October 19

11-Andijon viloyati saylov okrugidan

Shaxnoza Abdurashidovna Egamberdiyeva

11-Andijon viloyati saylov okrugidan

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod

Shaxnoza Abdurashidovna Egamberdiyeva 1986-yil 20-oktabrda Andijon viloyati, Buloqboshi tumanida tug‘ilgan.

Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.

2008-yili Andijon qishloq xo‘jalik institutining bakalavr, 2010-yili Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining magistratura bosqichini tamomlagan. Ixtisosligi – muhandis-gidrotexnik, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).

2023-yildan Andijon iqtisodiyot va qurilish institutining Arxitektura va qurilish kafedrasi mudiri vazifasida ishlab kelmoqda.

Uning20 dan ortiq ilmiy maqola, tezislari respublika va xorijdagi nufuzli ilmiy jurnallar, amaliy anjumanlar materiallari to‘plamlarida chop etilgan.

Siyosiy yetuk, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, ijtimoiy himoya masalasida tajriba ega, mas’uliyatli va qat’iyatli inson.

Oilali – ikki nafar farzandi bor.


Shaxnoza Egamberdiyeva aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:

– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;

– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;

– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;

– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;

– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;

– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;

– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;

– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.