17-Jizzax viloyati saylov okrugidan
17-Jizzax viloyati saylov okrugidan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Anvar Axmatovich Latifov 1984-yil 1-yanvarda Jizzax viloyati, Arnasoy tumanida tug‘ilgan.
Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.
2008-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar.
2023-yildan Do‘stlik tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasida ishlab kelmoqda.
U yuksak salohiyatli nazariy va amaliy tajribaga ega tashkilotchi sifatida aholini o‘ylantirib kelayotgan ko‘plab muammolarga yechim topishda tashabbuskorlik ko‘rsatgan.
Siyosiy yetuk, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, ijtimoiy himoya masalasida tajriba ega, mas’uliyatli, qat’iyatli va fidoiy inson.
Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.
Anvar Latifov aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;
– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;
– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;
– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;
– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;
– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;
– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.