19-Navoiy viloyati saylov okrugidan
19-Navoiy viloyati saylov okrugidan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Askar Jurakulovich Usatov 1975-yil 12-mayda Navoiy viloyati, Nurota tumanida tug‘ilgan.
Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.
2001-yili Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Ixtisosligi – veterinariya vrachi.
2023-yildan Navoiy shahar veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelmoqda.
U o‘z sohasining yetuk mutaxassisi,tajribali, salohiyatli rahbar sifatida o‘zini namoyon etgan.
Siyosiy yetuk, xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, hamkasblari orasida obro‘-e’tiborga ega, mas’uliyatli va qat’iyatli inson.
Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.
Askar Usatov aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;
– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;
– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;
– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;
– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;
– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;
– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.