20-Navoiy viloyati saylov okrugidan
20-Navoiy viloyati saylov okrugidan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Iba Kushjanovna Narizova 1961-yil 1-yanvarda Navoiy viloyati, Konimex tumanida tug‘ilgan.
Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.
1985-yili Toshkent davlat pedagogika institutini tamomlagan. Ixtisosligi – qozoq tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi.
2000-yildan Konimex tumani 5-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori vazifasida ishlab kelmoqda.
U siyosiy yetuk, yuksak salohiyatli, obro‘-e’tiborga ega rahbar. Xalq farovonligini ta’minlash yo‘lida astoydil ishlaydigan, muammolarni oldindan ko‘rib bilib, ularga yechim topa oladigan, tajribali, mas’uliyatli va jonkuyar inson.
2010-yili “Fidokorona xizmatlari uchun” va 2019-yili “Do‘stlik” ordenlari bilan taqdirlangan.
Oilali, to‘rt nafar farzandi bor.
Iba Narizova aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;
– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;
– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;
– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;
– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;
– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;
– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.