16-Jizzax viloyati saylov okrugidan
16-Jizzax viloyati saylov okrugidan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Feruza Ibragimovna Ko‘liyeva 1975-yil 13-mayda Jizzax viloyati, Baxmal tumanida tug‘ilgan.
Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.
1996-yili Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini, 2009-yili Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ixtisosligi – iqtisodchi, buxgalter.
2023-yildan Jizzax viloyati iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi Hududlarni rivojlantirish va investitsiya dasturlarini shakllantirish, davlat dasturlarini va maxsus jamg‘armalar faoliyatini moliyalashtirish va monitoring qilish bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelmoqda.
Siyosiy yetuk, yuksak salohiyatli hamda xalq manfaatini o‘z manfaatidan ustun qo‘yadigan, ijtimoiy himoya masalasida tajriba ega, mas’uliyatli inson.
Oilali, uch nafar farzandi bor.
Feruza Ko‘liyeva aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;
– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;
– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;
– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;
– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;
– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;
– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.