2-Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylov okrugidan
2-Qoraqalpog‘iston Respublikasi saylov okrugidan
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga nomzod
Adolat Axmedovna Yuldasheva 1967-yil 15-avgustda Xorazm viloyati, Urganch shahrida tug‘ilgan.
Millati – o‘zbek. Ma’lumoti – oliy.
1989-yili Toshkent politexnika institutini tamomlagan. Ixtisosligi – quruvchi-muhandis.
2022-yildan Ellikqal’a tumani hokimining o‘rinbosari - Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda.
U o‘zining boy tajribasidan kelib chiqib, yuzlab ajrim yoqasidagi oilalarni yarashtirishga, og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarning og‘irini yengil qilib, ish bilan ta’minlashga ko‘mak berib kelmoqda.
Xalq farovonligini ta’minlash yo‘lida astoydil ishlaydigan, muammolarni oldindan ko‘rib bilib, ularga yechim topa oladigan, boy tajriba ega, mas’uliyatli va jonkuyar inson.
Oilali − to‘rt nafar farzandi bor.
Adolat Yuldasheva aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi ishlarni amalga oshiradi:
– kuchli ijtimoiy siyosat orqali ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash;
– nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish;
– pensiya va ijtimoiy nafaqalarni insonning hayotiy ehtiyojlarini to‘laqonli qondirishga erishish;
– ayollarga pensiya tayinlash uchun zarur bo‘lgan ish stajiga barcha bolasini parvarishlash ta’tilida bo‘lgan vaqtini to‘liq qo‘shib hisoblash;
– aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash va sifatli kommunal xizmat ko‘rsatish;
– barchaga malakali tibbiy xizmat imkoniyatini yaratish;
– ijro hokimiyati tomonidan qarorlar qabul qilishda siyosiy partiyalar guruhlari bilan maslahatlashuvlar o‘tkazish institutini joriy etish;
– ishsizlik bo‘yicha majburiy ijtimoiy sug‘urta milliy modelini joriy etish.