January 6, 2021

Eshqobil Shukur

Eshqobil Shukur

Mamlakat: O‘zbekiston Tug‘ilgan sanasi: 1961-yil, 5-avgust Tarjimai hol Eshqobil Shukur 1961-yil Surxondaryo viloyatining Qumqo‘rg‘on tumanidagi Boymoqli qishlog‘ida tug‘ilgan. ToshDUning filologiya fakultetini bitirgan (1984). Ilk she’rlar to‘plami — «Yurakni o‘rganish» (1984). Shundan so‘ng uning «Sochlari sumbul-sumbul» (1988), «Tungi gullar» (1989), «Yashil qushlar» (1995), «Hamal ayvoni» (2003) she’riy kitoblari va 2005 yilda «Ko‘hna bog‘ rivoyatlari» nasriy kitobi nashr etilgan. «Naqshband», «Ibtido xatosi» kabi dostonlari, «Nasoyim ul-muhabbatga sayr» turkumi, shuningdek, «Oqibat oqshomi», «Dunyoning ko‘chishi» kabi qissalari ham bor.

Toshkent davlat universiteti (hozirgi OʻzMU)ning filologiya fakultetida tahsil oldi.

Oʻzbekiston televideniyesi muharriri (1985–1992), “Saodat” jurnali bosh muharrir oʻrinbosari (1992–1994), Davlat matbuot qoʻmitasi bosh muharriri (1994–1995) vazifalarida ishladi. 1995 yildan “Oʻzbekiston” telekanali hamda “Maʼnaviyat” jurnali (2014) bosh muharriri lavozimida xizmat qiladi.

Uning ijodi oʻtgan asrning 80-yillaridan boshlanib, “Qadimgi bitiktoshlarga yozuvlar”, “Mengim momoning yoʻqlovi” singari dastlabki sheʼrlari bilanoq tilga tushdi. Shundan soʻng birin-ketin “Yurakni oʻrganish” (1986), “Sochlari sumbul-sumbul” (1988), “Tungi gullar” (1989), “Yashil qushlar” (1995) sheʼriy majmualari dunyoga keldi. “Tungi gullar” kitobi respublika yoshlar tashkilotining Usmon Nosir nomidagi mukofotiga sazovor boʻldi. Eshqobil Shukur “Koʻhna bogʻ rivoyatlari” (2005), “Oqibat oqshomi”, “Padarkush” kabi nasriy asarlar hamda “Ibtido xatosi”, “Naqshband” nomli dramatik dostonlar, “Lahza siniqlari”, “Nasoyim-ul muhabbatga sayr” turkumlari, “Dunyoning koʻchishi”, “Qoʻriqxonada”, “Pul sanayotgan odam” kabi qissa va hikoyalar muallifi hamdir. Shoirning asarlari ingliz, rus, turk, ozarbayjon va boshqa xorijiy tillarga tarjima qilingan.

Eshqobil Shukur 2012 yilda “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi” unvoniga sazovor boʻlgan. U “Eʼtirof” mukofoti sohibi (2013). 2016 yilda “Oltin qalam” xalqaro milliy mukofoti tanlovi gʻolibi boʻldi.

0

0

@botirxonovasevinchxonDecember 16, 2020

3 views

Leave a Comment

B