June 6, 2025

You and me

14-qism.

Taehyungni halokatdan keyin darhol shaharning eng nufuzli shifoxonasiga olib kelishdi. Bu shifoxona nafaqat Koreyada balki xalqaro miqyosda ham mashhur bo‘lib unda faqat eng yuqori malakali shifokorlar ishlashardi. Taehyungni olib kirishlari bilan shifokorlar va hamshiralar uning kimligini darhol anglashdi: bu Janob Minning yagona o‘g‘li Kim Taehyung.

Tezlik bilan operatsiya tayyorlandi. Vrachlar barcha zaruriy tibbiy vositalarni ishga tushirdi bir qator testlarni o‘tkazishdi va ularning yuzida tashvish ifodasi yaqqol ko‘rinib turardi. Taehyungning hayoti xavf ostida edi. Shifoxona koridorida shovqin-suron hukm surar hamshiralar telefon orqali Janob Minga bu dahshatli voqeani yetkazish uchun qo‘ng‘iroq qilishdi.

Janob Min ayni damda Amerikada ish safarida edi. Telefonni olganida dastlabki so‘zlarni eshitib yuragi siqilib ketdi.

Doktor: Janob Min bu yerda dahshatli voqea yuz berdi... o‘g‘lingiz avtohalokatga uchradi. Hozirda operatsiya qilinyapti.

Bu so‘zlar Janob Minning xotirjamligini chilparchin qildi. Bir lahzaga nafas olishi qiyinlashib u kresloga o‘tirib qoldi. Uning yuragi og‘ir og‘riq bilan urdi. O‘g‘li hayotdagi yagona suyanchig‘i va faxri hozirda hayot-mamot uchun kurashayotgan edi.

Janob Min darhol reyslarni tekshirishni buyurdi. O‘sha kuni kechqurun Koreaga qaytish uchun chipta oldi. U vaqtni boy berishni o‘ziga ravo ko‘ra olmasdi o‘g‘li unga ehtiyojmand edi.

Bu orada shifoxonadan Taehyungning uyiga ham qo‘ng‘iroq qilindi. Bu telefon qo‘ng‘irog‘i Luraga emas to‘g‘ridan-to‘g‘ri Mielega tushdi. O‘z xonasida yolg‘iz ko‘zlari yoshi bilan ho‘l bo‘lgan Miele telefonni hayajon bilan ko‘tardi.

Miele: Salom kim bu?

Doktor: Salom siz Miele xonim bo‘lasizmi?

Miele: Ha... bu men. Kim siz?

Doktor qisqa pauza qildi va vaziyatning jiddiyligini tushunib asta gapira boshladi:

Doktor: Men doktor Choi. Sizning eringiz janob Kim Taehyung avtohalokatga uchradi. Uni hozir shahar shifoxonasiga olib kelishdi. Hozirda u og‘ir ahvolda va operatsiya xonasiga tayyorlanmoqda.

Miele nafas ololmay qoldi ko‘zlariga yoshlar to‘lib ichida vahima uyg‘ondi. U qaltirab gapirdi:

Miele:Taehyung...? Nima? Avtohalokat?U... u tirikmi?

Doktor: Xonim xozir eringiz operatsiyada.Shifoxonaga yetib keling. Iltimos shoshiling.

Miele telefondan qo‘lini oldi va joyiga qotib qoldi. Bu so‘zlar uning dunyosini bir lahzada qulatgandek edi. Telefoni qo‘lidan tushib yerga gursillab tushdi. U bir nafas o‘ziga kelolmay ichida faqat bitta fikrni takrorlardi:

Men Taehyungni yo‘qotolmayman... yo‘q...

Miele hech narsaga eʼtibor bermasdan uydan chiqib ketdi.ko‘chada yig‘lab oyoqlarida poyabzali ham bo‘lmay yugurib borar edi. Qattiq sovuqni ham oyoqlarining og‘rig‘ini ham his qilmasdi. Unga hozir faqat bitta narsa muhim edi – Taehyungni tirik ko‘rish. Ko‘zlaridan tinmay yosh to‘kilardinafas olish qiyinlashgan ammo u to‘xtash haqida o‘ylamasdi.

U faqat bitta gapni takrorlardi:Iltimos tirik bo‘l... iltimos meni tashlab ketma Taehyung.

Miele ko‘z oldida Taehyung bilan o‘tgan vaqtlarini, uning tabassumini hatto u bergan azoblarni ham eslar edi. Lekin hozirgi paytda bularning hech biri muhim emasdi. Yuragining tub-tubida u faqat bir narsani his qilar edi – Taehyung uning hayotining bir bo‘lagi ekanligini va uni yo‘qotishni istamasligini.Bu paytda uyda

Lura zinapoyadan pastga tushib xizmatkorlarga bu shoshilinch holatning sababini so‘ray boshladi. Xizmatkorlar birin-ketin javob berishdi:

1X: Xonim biz bilmaymiz... ammo Miele xonim yig‘lab uyini tark etdi.

2X: Doktorlardan qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Janob Taehyung avtohalokatga uchragan ekan...

Luraning yuziga kichik bir tabassum yoyildi. Bu vaziyat unga juda ma’qul edi. U ichida shunday dedi:

Lura: Demak Taehyung halokatga uchragan... Miele esa hozir shifoxonaga ketdi. Bu mening imkoniyatim. Uning boyliklari va mol mulkini oʼlganidan keyin oʼzimga oʼtkazsam boʼladi.

Lura tezda xizmatkorlarga bu yerda hech narsaga aralashmasliklarini buyurdi keyin mashinasining kalitini olib shifoxonaga borishga qaror qildi. Yo‘lda uning fikrlari qasos va o‘z maqsadini amalga oshirishga yo‘naltirilgan edi. U ichida shunday dedi:

Lura: Miele bu o‘yin tugadi. Taehyung oʼlsa hamma mol mulkni oʼzimga olaman, seni esa koʼchaga haydayman.

Shifoxonaga yetib kelganida Lura Taehyungning holati haqida bilish uchun shifokorlar bilan gaplashishga tayyor edi. Shu bilan birga Miele ham yugurib kelayotgan edi qizning yuzidagi ko‘z yoshlari va yuragidagi qo‘rquv hammani hayratga solardi...

Miele va Lura shifoxonaning kutish zalida o‘tirishar edi. Miele hayajon va tashvish bilan doimiy ravishda qo‘lini siqib, taqdirga duo qilar edi. U uchun hozirda dunyodagi yagona muhim narsa Taehyungning tirik qolganligi edi. Biroq uning yonida o‘tirgan Lura butunlay boshqa fikrlar bilan band edi. Luraning yuzida go‘yo hamdardlik niqobi bo‘lsa-da uning ko‘zlari va harakatlari ichidagi yovuz niyatni yashira olmas edi.

Lura ichida shunday dedi:Agar Taehyung halokatda jon berib ketganida uning boyligi va obro‘si menga qolardi. Lekin hozir bu Miele shilqim qiz meni yo‘limda to‘siq bo‘lmoqda. Uni yoʼq qilishim kerak.

Kutish zalida og‘ir sukunat hukm surar edi. Nihoyat operatsiya eshigi ochildi va oq xalatdagi doktor tashqariga chiqdi. Miele bir sakrab o‘rnidan turib doktor tomon yugurdi.

Miele: Doktor! Erimning holati qanday? Iltimos menga ayting u yaxshimi?

Doktor yuzidagi charchoq ifodasiga qaramay tasalli beruvchi ohangda gapirdi:

Doktor: Xonim eringiz hayot uchun juda katta kurash olib bordi. Operatsiya muvaffaqiyatli o‘tdi uning ahvoli barqaror. Janob Taehyung tirik.

Mielening ko‘zlarida yoshlar quyilib ketdi. U ko‘ngil xotirjamligi bilan chuqur nafas oldi.

Miele: Rahmat doktor. Sizga juda rahmat!

Biroq, buni eshitgan Lura o‘zini tutib turolmadi. U ichida o‘yladi:Taehyung tirik... mening barcha rejalarimni buzib qo‘ydi. Bu Miele hammasini barbod qilmoqda.

Doktor davom etdi:

Doktor: Hozircha uni ko‘rishingizga ruxsat yo‘q xonim. U faqat ertaga palataga o‘tkazilgandan keyin bemorlarni ko‘rishga ruxsat beramiz.

Miele boshini irg‘ab shirin tabassum bilan javob berdi:

Miele: Tushundim. Rahmat sizga doktor.

Doktor ketib Miele qaytib kutish joyiga o‘tirdi. Biroq bu paytda Lura o‘zidagi g‘azab va rashkni yashira olmay so‘zlarni Mielega qarata otdi:

Lura: Miele nega bu ro‘lni o‘ynayapsan? O‘zingni mehribon g‘amxo‘r xotin qilib ko‘rsatishga urinma. Axir bilasan-ku Taehyung shu ahvolga sen tufayli tushdi. Sen shunchaki baxtsiz hodisaning sababchisisan.

Miele bu gaplarni eshitib butun tanasida o‘tday yonayotgan g‘azabni his qildi. U asta-sekin Luraga yaqinlashib ko‘zlarini unga tikdi. So‘zsiz gapirayotgan ko‘zlaridan nafrat yog‘ilib turardi. Keyin bir harakat bilan Lurani sochlaridan qattiq ushlab tortdi.

Miele: Sen kim bo‘libsan menga bunday gaplar aytadigan? Sen o‘zingni nima deb o‘ylayapsan Lura?Sendan hatto ko‘chadagi it ham jirkanadi!

Lura qichqirgancha o‘zini bo‘shatishga harakat qilardi, lekin Mielening kuchli g‘azabi uni yengib ketdi. Kutish zalidagi odamlar ularning janjaliga hayrat bilan qarar lekin hech kim aralashishga jur’at etmas edi.

Lura: Qo‘yvor meni. Sen aqldan ozgansan.Taehyung seni xotinim deb tan olishiga shunchaki achinib qarashini bilib qo‘y.

Miele uning so‘zlarini e’tiborsiz qoldirgancha g‘azab bilan davom etdi:

Miele: Taehyungni sevaman. Va Uni sendan himoya qilish uchun hammasini qilaman tushundingmi? Sendan jirkanaman.

Lura nafrat bilan shifoxonadan chiqib ketdi. U o‘zining rejasi puchga chiqqanidan qattiq jahli chiqib tezlik bilan mashinasiga o‘tirdi va g‘azab bilan gazni bosib uzoqlashdi. Ammo uning nafratli so‘zlari va o‘y-fikrlari Mielening xayolidan mutlaqo o‘tmas edi.

Miele shifoxonada qoldi. Uning butun vujudi charchoq va azob ichida edi. Miele ovqat yemadie suv ichmadi ko‘zini bir lahza yumib dam ham olmadi. U faqat Taehyungni ko‘rishni xohlar edi. Boshida shifoxonaning kutish zalida keyin esa shifokorlarning maslahatlariga qaramasdan Taehyungning palatasiga yaqin joyda kutishni davom ettirdi.

Oradan bir necha soat o‘tdi. Tong yorisha boshlaganda shifoxonaning kirish qismida mashinalar harakatlandi.

Bu safar katta qora xizmat mashinasi shifoxona oldida to‘xtadi. Janob Min yetib kelgan edi. Amerikadan kelgan Janob Minning yuzida charchoq va tashvish izlari yaqqol sezilardi. Ammo u har doimgidek o‘zini bardoshli tutdi, shifoxonaning ochiq eshigidan ichkariga kirdi.

Miele uni ko‘rdi va ko‘zlarida yosh bilan o‘rnidan turdi. U hech qanday so‘z aytmasdan Janob Min tomon yura boshladi. Bechora qizning yuzidagi og‘ir azobni ko‘rgan Janob Min bir lahza to‘xtab qoldi.

Janob Min: Miele qizim... yaxshimisan?

Miele bu so‘zlarni eshitib o‘zini tuta olmadi va yig‘lab yubordi. U Janob Minning oldida o‘zini ojiz his qildi lekin shu lahzada uning mehribon ovozi bilan unga yupanch berdi.

Janob Min asta unga yaqinlashib qo‘lini uning yelkalariga qo‘ydi va uni quchib yupatishga harakat qildi.

Janob Min: Qizim yig‘lama. Hammasi yaxshi bo‘ladi. Mening o‘g‘lim kuchli u bu sinovdan ham o‘tadi.

Miele unga qarab ko‘z yoshlarini artdi ammo yuragidagi og‘irlik va qayg‘u kamaymadi. Janob Minning dadilligi va so‘zlari unga ozgina tasalli berdi.

Oradan biroz vaqt o‘tdi. Nihoyat shifokorlar Taehyungning ahvoli barqarorlashganini va uni palataga olib o‘tkazishayotganini aytishdi. Miele va Janob Min shifoxona koridoridan palata tomon yo‘l oldilar.

Palataga yaqinlashganlarida, Miele ichida quvonch va xavotir aralash tuyg‘ularni his qildi. U o‘zini bosishga harakat qildi lekin yuragi qattiq urardi. Palataga kirishdan oldin Janob Min unga yuzlandi.

Janob Min: Qizim bu senga og‘ir bo‘lishi mumkin. Lekin nima bo‘lsa ham o‘zingni qo‘lga ol. Taehyung uchun sening tinchliging va ishonching muhim.

Miele boshini qimirlatib tasdiqladi. Ular shifokor bilan palataga kirishdi.

Lekin....

14-qism tugadi.

Xato va kamchiliklar uchun uzr.