- DAY BY DAY -
PovTaehyung: Sevgi yosh bolalardek o'ylash, qizni oyog'iga yalinib yotishmi? Hech qachon ayollarga yalinmayman! Bu qiz? Kimbu qiz o'zi? Bir qimorbozning asrandi qizi! O'zicha g'ururli, seni ham pulga sotib olaman. Tanang shunchalar qimmatmi uni yupqa shoyi mato bilan yashirasan? Ortingdagi chiroq nuri, badaningdagi barcha o'nqir cho'nqirliklarni nuqsonsiz ko'rsatib turganini nahot fahimlamayotgan bo'lsang?
:Senga xonadan chiq dedim -qiz baqirdi.
:Men esa shu yerda o'tiraman deyapman-Taehyung stulga mahkamroq joylashdi.
:Shunaqami? Chiqmaysan. Demak chiqmaysan-a?
:Kerek bo'lsa uyimdan sen chiqib ket! -Taehyung cho'ntagidan sigara olib bamaylixotir chakishni boshladi.
Qiz ortiga o'girildi. Shkafni ochib, qandaydir libosni oldi.Bir qo'li hali hamon tansida zo'rg'a turgan matoni ushlardi.
:Men sen o'ylagan qiz emasman, shundingmi? Shu yerda o'tirsam, shunday turaverdi deb o'yladingmi? - qiz Taehyungga o'girilmay gapirdi. Bir soniya shoyi mato, qizning nafis tansidan sirpanib yerga tushdi. Taehyungga uning marvarit misol yelkasi, qumsoat singari belining faqatgina orqa tomoni ko'rinardi.
:Qoyil, ....kutmagan edim-Taehyung qarsak chaldi. :ammo meni qiziqtira olmading!
:Seni qiziqtiradigan tanalar hozir clubda, hohlayotgan bo'lsang ular bilan ovunaqol -Qiz Taehyungni stoliga qo'llarini mahkamlab, yuzini unga egdi.
:Qizaloq..harakatlarimga javob bermayman- Taehyung unga hech qanday masofasiz turgan qizning yuzidan ko'z uzmay gapirdi.
:Mina, ismim Mina, uyim nomingda ekanligini tasdiqlovchi hujjat qo'lingda bo'lgandan keyin bu yerdan ketaman, ungacha yoqol! -Mina sekinlik bilan boshini ko'tardi.
Taehyung, o'rnidan turdi. Bu to'qnashuvda, umrida ilk bor qiz bolaga taslin bo'lgani uni achchig'ini keltirdi.
:Yaxshi ketaman, ammo , yana uchrashamiz Mina!
Ertasi kun! [Minaning ish joyi]
Mina do'konga kirishi bilan, kassada uyqusirab turgan Selenaning ko'zlari quvonchdan moshdek ochildi
:Mina...keldingmi? Kechasi bilan uxlamadim, mana ish joyni senga topshirdim. Yaxshi ishla jonginam-dedi u kastyumini yechar ekan!
:Shunchalar charchaganingdan dugonang bilan salomlashishni ham yodingdan chiqdimi?
:Mina, ko'zlarim ko'r bo'ldi, bugun anavi yigit bor ediku, o'sha bilan ko'rishaman....- Selena, Minaga kastyumni yechib berdi : Jonginam, yuvish markaziga o'zing topshirib qo'y! Men ketdim!
:Yaxshi bor tentak!...-Mina ish joyidagi qog'zolarni tartibga keltirar, bir qo'lida esa Selwnaning kastyumi turardi.
:Mina, xo'jayin seni xonasiga chaqirayapdi! -dedi uzun bo'yli yigit!
:Yaxshi...ketayapman. -Mina qo'lidagi barcha narsani stolga qo'yib, ust boshini tog'illagancha xo'jayin xonasining eshigi yoniga bordi. Bir ikki taqillatib ichkariga kirdi.
:Janob! -Mina avvaliga xo'jayinni o'ziga qaragani uchun, yonidagi nusxa- kechagi Taehyung borligini keyin faximlab yetdi.
:Hayrli tong qizaloq-dedi Taehyung bir oyog'ini ikkinchi oyog'ini ustiga qo'yib o'tirgancha, kulib.
Mina qanchalar asabiylashsada, Taehyungni maqsadini allaqachon bilgan bo'lsada, xo'jayining og'ziga qarardi.
:Mina! Sizning bu oygi maoshingiz! Meni kechiring shunga majburman! Kechiring! -lo'ppi yuzli xo'jayin, stolga yaqin turgan Minaga, pullarni surib, o'zi yerga qaradi.
: Shu arzimagan choy-chaqaga shuncha ishlaysanmi? -Taehyung pullar bor kanvertni qo'liga ushlab yana stol ustiga qo'ydi.: Mana buni ham ol! Men yaxshi yigitman, senga o'xshagan bechoralarga hayriya qilaman-Taehyung konvert ustiga ko'p miqdorda vong, va dollar qo'ydi.
:men senga nima qildim? -dedi asabiy, Mina ko'zidagi yoshni artib.
:Aynan hech narsa qilmaganing uchun, men uchun dushmanga aylanding qizaloq!
:Janob, o'zingizni ayblamang, siz yaxshi odamsiz! Men sizdan hafa emasman! Yaxshi qoling! -Mina Taehyungga etibor ham bermay, stoldagi konvertni oldi. Xo'jayin tomon tazim qilib, ko'kragidagi ismi yozilgan nishonni stol ustiga qo'yib xonadan chiqib ketdi.
Mina ko'chaga chiqib, yo'l bo'ylab shoshilib borardi. Do'kondagi vaziyat hali ham uning xayolidan ketmagandi. Xo'jayinni ayblamadi, lekin ichida bir g'azab bor edi.
Katta, qora rangdagi avtomobil uni to'xtatdi. Ichkaridan ikkita qo'pol yigit tushdi va unga yaqinlashishdi.
— Mina xonim, biz bilan borishingiz kerak, — dedi ulardan biri, betaraf ohangda.
Mina ichki titroq bilan orqaga bir qadam tashladi.
— Nimaga borishim kerak? — u o'zini kuchli tutishga urindi.
— Buyruq bor, — yigit hech qanday tushuntirishsiz uni avtomobilga olib bordi. Mina qarshilik qilmoqchi edi, lekin atrofida odamlar yo'qligi va bu ikki erkakning kuchi uni majbur qildi bo'ysunishga. U avtomobilga o'tirdi va ichkarida shubhalarga to'lgan his-tuyg'ulari bilan birga, taqdirning navbatdagi o'yinini kutdi.
Yarim soat o’tgach, ular shahar chekkasidagi hashamatli villa oldida to’xtashdi. Mina ichki hovlidan o'tayotganda, atrofni kuzatdi. Juda sokin, hamma narsa bir lahzaga qotib qolgandek edi. Uni eshikdan ichkariga olib kirishdi.
— Xush kelibsan, Mina xonim, — Taehyungning tanish, sovuq ovozi havoda yangradi. U zinapoyadan sekinlik bilan pastga tushib kelayotgan edi. Uning yuzida sovuqqonlik bilan aralashgan kulgu paydo bo’ldi.
Mina unga tik boqdi. Uning ichida qandaydir kuch uyg’ona boshladi.
— Nima istaysan? — Mina uning gaplariga e'tibor bermay qattiq gapirdi. —
Taehyung yaqinlashdi, ularning orasida faqat bir necha qadam qolgandi.
—Umrimda hech qaysi qiz, menga bunday muomula qilmagan!
Mina og’ir nafas oldi. -Unda umringda shunday muomila qilgan birinchi qiz men bo'ldim.
-Bilasanmi, sen haqingda nimalar bilib oldim...qamoqdagi akang...
-Akamga yaqinlashma, eshitdingmi?...yaqinlashmaysan
-O'zingni bos -Taehyungning bir qo'li cho'ntagida, bir qo'li Minani sochlarini silashga shaylangandi. Mina uning qo'lini siltab tashladi. :Mina, akangni qamoqdan chiqarib, ishingni qaytarish ham qo'limdan keladi!
-Akam haqida qayerdan bilding?
-Bunisi bilan ishing bo'lmasin, shartim shuki: Bir kecha, — dedi Taehyung ovozini pasaytirib, yelkasini bir oz qisib.
— Agar men bilan bir kechani o‘tkazsang,qamoqdagi akangni chiqarib beraman. Tanlash imkoniyating bor.
Mina qaltirab ketdi. Uning yuragi og‘ir urar, nafas olishi qiyinlashib borardi. Taehyungning shartlari uning tasavvurida yangi bir og‘irlik paydo qildi — axloq va hayotiy zarurat o‘rtasida qolgan bir holat. U qo‘rqar, lekin buni bildirishni istamasdi.
— Nega shunchalik pastkashsan? — Mina qattiq ovozda gapirdi, ammo so‘zlari titroqni yashira olmasdi.
Taehyung yelkasini qisdi, huddi bilmayman degandek.
— Tik tak, o'ylashing uchun vaqt ketti..-dedi Taehyung qo'lini cho'ntagidan chiqarib.
Mina ko‘zlarini yumdi, chuqur nafas oldi. Uning ko‘z oldida akasi kelar, lekin shu bilan birga, Taehyung bilan bunday shartga kirishish uni nafaqat ruhiy, balki jismoniy ham sindirardi.
— Taehyung, akasi bian qo'rqitsam, erkini qo'limga beradi deb o'yladingmi?. . - Mina zaharxanda kuldi—
—Akang qamoqda o'lib ketishini istaysanmi? Bilasanmi qamoqda qiz bolani zo'rlash jinoyati bilan qamalganlarni kuni u yerda qanday qiyin o'tadi? -Taehyungning ovozi past, lekin ta’sirchan edi. U Minaning yuziga yaqinlashib, shivirlagancha gapirdi: — Men bilan bir kecha. Shundan keyin sevimli akajoning yugurgilab oldingga keladi
— Akam hech kimni zo'rlamagan, bu tuxmat! Keyin...uning ozodlikka chiqishiga sanoqli kunlar qoldi, havotir olma!— dedi u Taehyungni ko'zlariga ko'zlarini tikkancha
Taehyung yengil tabassum qildi.
— Demak rozi emassan? Akajoning o'lib ketsa ham senga barbir-dedi
-O'lmaydi, sen hech ham havotir olma! Agar qamoqdagi mahbuzlarga pul berib uni o'ldirishni aytsang ham, u ancha munchaga o'lmaydi!
-O'ladi, asmasi bor odamni do'pposlab emas, dorisini tortib olib o'ldiradi.-Taehyung tishlarini ko'rsarib kulardi.
-Ablah....tegma, unga tegmaysan...chundingmi? -Mina uning ko'ksini siltagancha baqirdi.
-Bir kecha! -dedi Taehyung uning iyagidan ushlab : erkingni yoqotasanmi? Yoki akajoningni? Tanla...
@Pegasus_Fanfic 📝
➖ Author.Park Lily
#Day_by_day 📝