October 7

Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi 1, 2 va 3

Birinchi Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi

2022-yil 24-26 mart kunlari Toshkent shahrida bo'lib o'tgan. Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi o‘z ishini Tadbir dunyoning 56 mamlakatidan 2 mingdan ortiq ishtirokchilarni qatnashgan. Forum yakunlari bo‘yicha 7,8 mlrd dollarlik aniq shartnomalar va investitsiyaviy bitimlar paketi imzolandi. Shuningdek, qiymati 3,5 milliard dollarlik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Toshkent xalqaro investitsiya forumini o‘tkazish uchun 15 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan. Masalan, “Sky Evens” MChJ bilan 1,5 litrlik Coca-Cola ichimligini 32 ming so‘mdan, “Sochnaya dolina” sharbatlarini 48 ming so‘mdan sotib olish bo‘yicha shartnoma tuzilgan.

Ikkinchi Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi

27-28 aprel kunlari Congress Hall Tashkent City’da Ikkinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib otdi. Umuman, forumda 70 mamlakatdan 2 ming 500 ga yaqin biznes va moliya sohasi vakillari ishtirok etdi. Qirg‘iz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi – Prezident Administratsiyasi rahbari Aqilbek Japarov, Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad Sulaymon al-Jasir, BMT Bosh kotibi o‘rinbosari Olga Algayorova, Birlashgan Arab Amirliklari energetika va infratuzilma vaziri Suxayl al-Mazruiy, Vengriyaning iqtisodiy taraqqiyot vaziri Marton Nad, ACWA Power kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abdulla Abunayyan qatnashgan. Ikkinchi “Toshkent Xalqaro Investitsiya Forumi–2023” yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 11 milliard AQSh dollariga teng shartnoma va bitimlar imzolandi.

Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi

2024-yil 2-3-may kunlari Toshkent shahrida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo'lib o'tdi. unda dunyoning 93 ta davlatidan ikki yarim mingdan ortiq xorijiy mehmonlar ishtirok etdi. Uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi yakunlari bo‘yicha umumiy qiymati 26,6 milliard dollar bo‘lgan kelishuvlar imzolandi.

Tadbirning eng muhim voqealaridan biri O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasining Bosh vazirlari ishtirokida mintaqaviy energetika loyihalarining (Qambarota GES-1 va Yovon GESini qurish) xorijiy investorlarga taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Xususan quyidagi yirik investisiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi:

– “Data Volt” kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) bilan hamkorlikda “Yangi Toshkent”da shahar infratuzilmasini qurish ($1 mlrd.) va yashil texnologiyalarga asoslangan “ma’lumotlar markazlarini” qurish ($3 mlrd.);

– “Acwa Power” kompaniyasi (Saudiya Arabistoni) bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati 5 GVt shamol elektr stansiyasini hamda quvvati 2 GVt bo‘lgan elektr energiyasini saqlash qurilmalarini qurish ($6,2 mlrd.);

– “Amea Power” kompaniyasi (BAA) bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida quvvati 1000 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish ($1,1 mlrd.);

– “Saudi Tabrid” kompaniyasi bilan Nukus, Farg‘ona va Quvasoy shaharlarida issiqlik tizimini modernizatsiya qilish ($750 mln.);

– “Nil Shugar” kompaniyasi (Misr) bilan Jizzax viloyatida qand lavlagi yetishtirish va shakar ishlab chiqarish ($500 mln.);

– “Shaynxay Knud Interneshnl” kompaniyasi (Xitoy) bilan Namangan viloyatida tekstil va to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish ($205 mln.);

– “Vilmar Interneshnl” kompaniyasi (Singapur) bilan Toshkent viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari va chorva uchun ozuqa ishlab chiqarish ($200 mln.).

Bundan tashqari, forumda dunyoning bir qator yirik kompaniyalari hisoblangan “Oraskom Investment” (Misr), “Bonafarm Grup” (Vengriya), “Sayar” (AQSH), “Goldvind”, “Sinoma” (Xitoy), “Sam Yapi” (Turkiya), “Pasha Development” (Ozarbayjon) “Laselsberger” (Avstriya), “Petrosat Chexelsoton” (Eron) kabi kompaniyalar bilan qiymati $6,6 mlrd. teng yangi investisiya loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.