February 3, 2025

"SWEET LIE " 12-episod By Yelena

Men chiroyli sevgi izhor qilishni bilmayman, umid qilamanki sen ko'zlarimdan anglab olasan...

Uning ovozidan tanamga kirgan titroq go'yo mening jasoratimga turtki bo'lgandek indamasdan yoniga yaqinlashdim. U bo'lsa menga og'riq ifodalangan ko'zlarini qaratib, zo'rg'a nafas olishda davom etdi. Yelkasidagi yarasiga bosib turgan matosini qo'yib yuborishi uchun o'zim ushladim va beparvo ohangda "Jin qani, nega u senga yordam bermaydi?" dedim. Atayin sensirab gapirganimdan keyin u men bilan battar g'ijjalashib qolishini bilsamda, o'zimni dadilroq ko'rsatish uchun negadir shunday qilishim kerak edi.

—Shifokorga borish kerak... nega o'zi to'g'ri shu yerga bormading?

— "Nega menga yuk bo'lyapsan-a?" Shunday desang to'g'riroq bo'ladi.-dedi asabiy kulib.

— Qaysarlikni bas qil, jarohating og'ir ekanku!-dedim kurakidagi pichoq sanchilishidan qolgan yarani ko'rib.

— U yerda yo meni boshqa bittasi kutayotgan bo'ladi yoki mening jarohatlanganim haqida butun dunyoga jar solinadi. Shunday ekan tinchgina o'lishimga qo'yib berib ket! Sen ham qutilasan.

— O'limni shu darajada yaxshi ko'rasanmi?- mening gapimdagi ma'noni angladimi yo'qmi bilmayman, lekin uning og'ir nafas olishi kuchayganini sezdim.

—O'la olmaganim uchun tirikman... dedi jiddiy va sokin ovozda. Bu so'zlar go'ya menga emas, o'ziga-o'zi afsuslanib aytilgandek edi.

— Sen juda ahmoqsan!-dedi mening ahvolimni sezganday.
—Nima?!- To'satdan aytilgan gapdan hayron bo'lib qoldim.
— Nega qo'lingan kelmaydigan ishni tanlagansan? Seni deb kimdir o'lib ketishi mumkinligi seni qiziqtirmaydimi? Birovning hayoti o'yinchoqmi senga? Shunday zaif va notovon odam qanday qilib shifokor bo'la oladi? qo'lingga bunday emas, boshqa qizlar qatori boshqacha ip olganing zararsizroq.

Kaftlarim g'azabdan musht bo'ldi. Men eshitishni xohlamagn gaplar aytildi yana... Esimni tanigandan beri miyyamga quyib kelingan shifokorlikdan voz kechishim, shunchaki boshqa kasbni tanlashim oson tuyiladimi unga.

Sukut saqladim, lekin ichimdan ko'tarilib kelayotgan g'azab to'foni sabab, uni yarasini jaddalik bilan tika boshladim. Hech qanday rahmdilliksiz, xuddi matoni tikgandek va og'rishi mumkinligini unutib tika boshladim. Xattoki bu safar oldingisidan tezroq bo'lishi bilan birga yaxshi tikildi. Ichimdagi o'sha qat'iyatga aylangan g'azab toki so'nggi chokni boylab qirqqunimcha meni tark etmadi.

— Yoongi...qonni to'xtatish uchun uni tikishim kerak!

— O'ldirsang ham menga farqi yo'q faqat shu lanati qon to'xtasa bo'ldi. Hamma yoq rasvo bo'ldi

U ko'rsatgan javondan dori qutini olib, kerakli narsalarni taxlay boshladim. Ochig'i uy sharoitida operatsiyada kerakli bo'ladigan, igna-ip, qaychi, skapelning borligi bu yerda ko'p jarohatlar davolanganiga ishora qilayotgan edi. uning ko'ylagini bir tomonini yechib yarani tozalab oldim. Unga og'riq qoldiruvchi ukol qilgan bo'lsamda bu butkul og'riq sezmasligini bildirmas edi. Nachora qaysarligi sabab chidashga majbur.Birinchi marta kimningdir yarasini tikayotganligim va qon kuchli oqayotgani uchun tikish battar qiyin kechmoqda. Qondan qo'rquvim sabab allaqachon ko'z oldim qorog'ulashib, yuragim ag'darila boshladi. Lekin qo'limdagi ignani ushlashimga Yoongidan eshitishim mumkin bo'lgan chalasavodligim haqidagi ta'nalar va kinoyalar sabab bo'layotgandi. Uning birovning ko'nglini o'ylamasdan , nafsoniyatga teguvchi gaplari menga juda yomon ta'sir qilardi. Aksiga olib sharillab oqayotgan qon va uning yoqimsiz hidi sabab ahvolim yomonlasha boshladi. Peshonamga sovuq ter yig'ilganini, quloqlarim shang'illab,oyoq-qo'l barmoqlarim muzlaganini his qildim. Yana davom etsam, hushimdan ketishim aniq edi. Shuning uchun boshimni ko'tarib, nariroqga qarab chuqur nafas ola boshladim.

Yarani toza bint bilan yopgach, yelkasini bog'lash uchun kiyimini butunlay yechib olishga to'g'ri keldi. Boshida butun e'tiborim qon oqayotgan joyda bo'lgani uchun uning orqasidagi chandiqlarni payqamagan ekanman. Beixtiyor barmoqlarim bilan chandiqlarni paypaslab ko'rar ekanman, turli xil hujumlardan qolgan esdaliklarni ko'pligini ko'rib shok bo'ldim. chandiqlarga qarab bu uzoq yillardan beri davom etib kelyotganligini tushunish mumkin. Ekspertiza fanidan o'rganganlarim asosida pichoq yoki to'pponchadan qolgan chandiqlarni hayolan solishtirar ekanman, Yoongining norozi ovozi yangradi:

— Orqam senga yoqib qolgan bo'lsa ham, balki hozir yelkamni bog'larsan?!
Uning gapidan so'ng darrov qo'limni tortib oldim. Hozir qilgan ishimni u qanday tushundi lekin bilmayman-u ba'zida qiziquvchanligim sabab, bemordan uyalishni esimdan chiqarib qo'yaman. Axir tortinchoqlik qilsam qanday tibbiyotni o'rganaman. Ustozim bemor shifokorga mahram hisoblanadi, shuning uchun uyalmasdan unga qo'limizdan kelgancha tibbiy yordam berishimiz kerak degani uchun ham menda bunday narsalarda uyalish hissi yo'q edi. Lekin hozir buni Suga qanday tushundi, sharmandaa!!!

Eng katta sharmandalik bu Jinning qo'lida dori-darmon bilan kirib kelishi bo'ldi. Yoongining yarim-yalang'och tanasini ortida unga tegib turgan holatimni ko'rib qotib qoldi. Bir menga va bir Yoongiga savol nazari bilan qaradi.

— Men.... noto'g'ri vaqtda kelib qoldim shekilli...-deb orqasiga qaytib ketayotganini ko'rib tamom bo'ldim.
— Jinnilik qilmasdan olib kel qo'lingdagilarni -dedi Yoongi jiddiy ovozda.

Bu yerga kelganim uchun o'zimni la'natlay boshladim va bog'lashni tugatar ekanman, Jin bilan ko'zim to'qnashmasligiga harakat qildim. Unday emasligini bilsamda, o'zimni yomon ish ustida qo'lga olingandek his qilardim.

Yoongini karovatiga yotqizganimizdan so'ng, unga tomchi ukol tayyorlay boshlaganimda Jin meni to'xtatdi.

—Yelena endi ketishing mumkin,buyog'ini o'zim eplayman.
— Yo'q Jin sen meni tomirlarimni shu paytgacha ilma teshik qilganing yetar. Bu safar senga ruxsat beraman.-dedi Yoongi joyiga qulayroq yotishga urinib.

Jin Yoongiga bir qoshini ko'targancha " shundaymi?" deb ma'noli qarash qildi. U esa ko'zlari bilan ha degandek ishora qildi. Noiloj Jinga "o'zim oxiriga yetkazib qo'yishim"ni aytib ketkazib yubordim. Tomchi ukolni unga ulaganimdan so'ng yoqimsiz kutish boshlandi. Aksiga olib ignani tomiriga yaxshi joylashtira olmaganim uchun yonida ushlab o'tirishga majbur bo'ldim. Ahh yoqimsiz noqulaylikdan ezilib borayapman. Bunga uning menga tikilib yotgani ham sabab bo'layotgan edi. Vaziyatdan chiqish uchun harakat qilib:

— O'zim hammasini qarab turibman, shunday ekan uxlasangiz bo'ladi. Ko'p qon yo'qotdingiz, dam olishingiz kerak.

— Sizlab gapirganingda umuman boshqa odamga aylanasan....-dedi horg'in ko'zlarini ukolga qaratib— Men o'sha kechadan beri uxlay olganim yo'q.

U hozir birinchi marta seans o'tkazgan kunimizni nazarda tutdimi? Lekin bunga deyarli 1 hafta bo'ldi-ku.

— Nima shundan beri uxlamadingizmi? Nega boshingiz og'ridimi yoki boshqa narsa bezovta qilyaptimi? - beixtiyor kaftimni peshonasiga qo'yarkanman, ko'zlarimiz yana to'qnashdi. Bu safar ikkimizning nigohlarimizda nafrat o'rnida boshqa narsa bor edi. Menikida achinish va rahm-shavqat bor, lekin uning mushukniki kabi qisilgan ko'zlarida mo'ltirash bilan birga yana nimadir bor edi.

Lekin nimaligini tushunish uchun uning qorachiqida mujassam bo'lgan tubsiz dengizga sho'ng'ish kerak edi, go'yo.Bir narsa aniq - shubhasiz unda og'riq ham mujassam bo'lgan.

— Yoongi nega bunday qilyapsiz?
— Qanday?
— Nega hammadan yaralaringizni yashirasiz? Hattoki Jin ham jarohatingiz aslida qanday ekanligidan xabarsiz. Yaqinlaringiz azoblanayotganingizni ko'rishini xohlamasliginggiz mumkin, lekin oila shunday paytda kerak emasmi? Sevgan va qadrlaydigan insonlar bir-birining yarasiga malham bo'lishi kerak. Siz ularni so'zsiz tushunasiz, lekin nega o'zingizning dardlaringiz haqida biror kimsaga aytmaysiz. Ishonchim komil oilangiz sizni eshitadi. Bu bilan kuchsiz yoki qo'rqoq bo'lib qolmaysiz.

Siz ham odamsizku axir!

— Yoshligimda onamning tobuti ustida yig'layotganimda otam shunday degan edi: " Xafa bo'lganingni ko'rsatishing shart emas, ko'rsatganing bilan kamayib qolmaydi. Xursand bo'lganingni ham ko'rsatishing shart emas, bu bilan ko'payib qolmaydi."
Nahotki ko'rmagan bo'lsang men malham bo'lish uchun arzimayman.Huddi zaxar kabi yaqinlarimga zararlayman.

Shu sababli seni ham ogohlantirayapman. Mendan uzoqroq yur..... seni ham zulmatim yutib yubormasin.-dedi siniq ovozda.

Hayolan "Ammo allaqachon shu zulmatning asirasi bo'ldim."-dedim. Lekin uning ko'nglini ko'tarish uchun jilmaygancha:

— Bilasizmi, shifokorni qo'lida har qanday zaxar ham doriga ayladi.🙂‍↔️ Shunday ekan zaxardan qo'rqmayman.
— Meni malhamim bo'lasanmi? -dedi ko'zlarimga tikilib.
Kutilmagan savol meni gangitib qo'ydi. Malham bo'lish....ya'ni....?! Yo'q!!! Ahhh, oxirini o'ylamasdan noto'g'ri gapirib qo'ydim. Ikki yanoqim duvv etib qizarib ketgani aniq shuncha ular yonayotgan edi.

Holatimni ko'rib, Yoongi jilmayib dedi:
— Sen kabi shifokor doirini ham zaxarga aylantirishi aniq, ukolga qarasangchi tugab bo'ldi.Hozir tomirlarimni havo bilan to'ldirasan.
Tomchi ukol vaqtida tugab qoldi o'zi ham. Dorilarni yig'ishtirib olib, " Uxlay olishingiz uchun dori beraman, dam olishingiz kerak " -dedim va o'rnimdan turdim. ammo bilakimdan tutib qolgan qo'l meni joyimga qayta o'tqazdi.

— Menga dori foyda qilmaydi. Sen shu yerda qol. Hech bo'lmasa bugun hotirjam uxlamoqchiman.- dedi hamon bilagimni qo'yib yubormagan holda. sog' tomoni bilan yon tomonga aylanib yuzini yostiqga qattiqroq bosarkan.

Bunday holatlarda o'ylab o'tirmasdan qo'limni tortib olgan bo'lardim, lekin negadir..... hozir hech narsa qilmadim.....hech narsa qila olmadim. Nega uxlay olmaydi? Kasali avj olgani uchunmi? Shuning uchun ham menga hujum qildimi? Unda nega meni bu yerda qolsam hotirjam uxlay olishini aytdi, qochib ketmasligim uchun ,ishonmagani uchun meni kuzatib yuribmi?
Miyyamni shu kabi savollar chulg'ab olgan edi. Qattiq charchoq va men yuborgan dorilar ta'sirida Yoongi allaqachon uxlab qolgan edi. Ich-ichimdn unga nisbatan achinish va qo'rquv bor. Uni tezroq sog'ayib ketishini juda xohlasamda, har safar unga qaraganimda mening ham yaralarim qaytadan yangilangandek bo'ladi. Hozir ham u birdan uyg'onib qolsa va meni o'ldirishga harakat qilsa nima qilishimni o'ylab o'tiribman.

Yelena

Avtor pov:

Qiz uni ushlagan qo'llar biroz bo'lsa ham bo'shashini kutib o'tirar ekan, ko'zlari uyqudan yumilib keta boshladi. Oxiri o'zini qiynayotgan savollarga javob topa olmay, ertalab soat 4larga tizzasi bilan polga o'tirgancha boshini yotoqga suyab uxlab qoldi.Lekin shundan boshqa juft ko'zlar ochilib tong yorishguncha qizga termulib bedor bo'lib chiqdi.

Ertalab soat 8:45

Yelena pov: Yuvinish xonasidan kelayotgan suvning shitirlashidan uyg'onib ketdim. Ko'zlarimni ochganimda allaqachon quyosh xonani yoritib turar edi. Oppoq ko'rpa to'shak ko'zimni qamashtirib yubordi.

Uyqudan keyingi karaxtlikda yotganimda ko'zim kechagi ukol idishiga tushdi. Ko'zlarim katta-katta ochilib, uyqu meni butkul tark etdi. Uxlab qolganim yetmagandek uni joyiga qanday kelib qoldim-aaaaa? 🤯 Endi chiqib ketishni rejalashtirganimda yuvinish xonasining eshigi ochilayotganini sezib qoldim va nima qilishimni bilmasdan ko'rpani ustimga tortib o'zimni uxlab yotganga soldim. Ko'rpa tagidan shkaf ochilgani va kiyimlarning yechib-kiyilayotgan ovozini eshita boshladim. Qanday qilib bu yerdan chiqib ketaman? Hozir o'rnimdan turish ham noqulay. Qimir etmasdan uning xonadan chiqib ketishini kuta boshladim . Lekin kutilmaganda eshik taqillab , hayotimda yuz berishi mumkin bo'lgan eng katta baxtsizlik sodir bo'lgandek bo'ldi. Chunki ko'rmasamda xonaga kirib, Yoongi bilan salomlashgan Taehyungning ovozini tanigan edim.

— Yoongi, xayrli tong sen biz bilan nonushta qilasanmi yoki ishga ketib bo'ldingmi deb kelgan edim.-U yotoqda o'ralib yotgan odamni ko'rib hayron bo'lib so'radi.- Bu kim bo'ldi, mehmoning bormidi?😏 Kutmagandim!!!

Shu onda xudodan Suga ismimni aytmasligi uchun yalinib yolvora boshladim.

— Yo'q bu Yelena . - dedi xotirjam ohangda hech ham tab tortmasdan. Endi aniq uyatdan ado bo'lgandim.😰

— Yelena?!😳 U bu yerda nima qilyapti? Seni joyingga qanday kelib qoldi?

— Kecha qorong'ulikdan qo'rqibmi yoki ko'ziga bir narsalar ko'ringanmi..... xullas meni xonamda qolishni iltimos qilib keldi. Ahvolini ko'rib yo'q deya olmadim.

Uning yuzsizlarcha yolg'on so'zlaganiga ishona olmasdim. Meni bu gaplar bilan to'g'ri go'rga tiqgan edi. G'azabdan qonim qaynab tez-tez nafas ola boshladim.

— Nega aynan sening yoningga kelgan, qaytaga u sendan qo'rqadi deb o'ylagan edim...qiziq....!

— Yaxshisi buni o'zidan so'ra! U uyg'onganiga yarim soatdan oshdi.

Sabrim shu yerda tugadi va ko'rpani shartta ochdimda yotoqdan vajohat bilan tushdim va qo'limga ilingan par yostiqni Yoongiga qaratib ovozim boricha " Sendan nafratlanaman!" deb otib yubordim, yugurib chiqib ketdim. Bu yerda asosiysi Taehyungning ko'ziga to'qnash kelmasligim edi, shuning uchun bor kuchim bilan yugurib chiqib ketdim. Hattoki vaziyatni tushuntirishga ham yuzim yo'q edi uni oldida. Sochlarimni kaftlarim orasiga olgancha yugurib borar ekanman, yuragim o'zimdan ham tez yugurardi go'yo. Zinadan ko'tarilayotganimda Jinning "Nonushtaga...." degan gapini eshitishim bilanoq. "Meni tinch qo'yinglar, xohlamayman hech narsani!!!' deb xonamga yetib olib eshikni ichkaridan qulfadim.

Avtor pov:

Taehyung hayron bo'lib Sugaga qaradi, u bo'lsa qo'lini Taening yelkasiga qo'yib, har doimgiday jiddiy va emotsiyasiz ohangda :"Nonushtani o'zingiz qilavering, meni kecha qolib ketgan chala ishlarimni bitkazishim kerak"-deb kostyumni qo'liga ilib chiqib ketdi.

Har doimgiday shovqinli shahar markazi. Hamma o'z ishiga shoshilgan, ko'chani to'ldirgan tirbandlikdan doimgiday nolishmoqda. Mashinalarning sabrsiz chalingan signallari vaziyatni battar asabiy qiladi. Qora gelikning orqasida chuqur hayolga botgan va tirsakini mashina eshigiga tirab olgan qo'li bilan iyagini silayotgan Sugaga vaqti-vaqti bilan haydovchi o'rindig'idan qarab qo'yyotgan Jin oxiri yorildi:

— Yelkang yaxshimi? Og'riq qolmayotgan bo'lsa , balki kasalxonaga borganimiz ma'quldir?

— Allaqachon yelkamdagi og'riqqa o'rganib bo'ldim. Hozir tezroq bu ishni ortida kim turganligini aniqlashimiz kerak.
— Ertalab...Yelenani ko'rgandim. G'alati........-dedi boshini hayron bo'lgancha chayqab
— G'alati?! dedi Yoongi savol ohangida nigohini oldinga qaratib.
— U huddi ortidan kimdir quvlagandek yugurib xonasiga kirib ketdi. Juda asabiy ko'rindi menga. Adashmasam seni yoningdan kelayotgandi, uni xafa qilmadingmi? -Suganing sukut saqalashidan keyin yana kuyinib gapira boshladi.— Yoongiii...axir qiz bechora ertalabgacha senga g'amxo'rlik qilib chiqqan bo'lsa, yaxshiroq muomila qilsang bo'lmaydimi?

— Hech ham menga qarab chiqgani yo'q, qaytangi meni o'rnimda uxladi.— dedi oxiri chidamay Yoongi.
— Nima?! Meni joyimda uxladi?-JIn hayratdan ko'zlarini katta-katta ochib ortiga qayrilib ishonqiramay qaradi va masxara qilgandek kula boshladi.— Sen bilan shuncha yil yashab biron odamni xonangda uxlashiga ruxsat berganingni eslolmayman, xattoki menga ham. Bizning birovning nafas olishini eshitsa ham uxlolmaydigan Sugamiz nahotki unga ruxsat bergan bo'lsa!?

— Men ruxsat berganim yo'q, o'zi uxlab qoldi! Nima uni shu yelkam bilan ko'tarib xonasiga olib chiqishim kerakmidi? Ertalabdan bekorchi gaplarni gapirib boshimni qotirma.Og'zingni yumda tezroq hayda ishga!-dedi ovozini balandlatib.
— Men senga hali hech narsa deganim yo'qku. O'zing bir ko'taraymi bir joyimni beraymi deb gapirgan!😏
— Hozir seni o'zim ovozingni o'chiraman, jin ursin seni! -degancha orqadan sog' qo'lini uzatib Jinning yoqasiga yopishdi.
Jin 1 zumga boshqaruvni yo'qotgani uchun mashina 2 marta keskin ilon izi harakat qilishga ulgurdi. Yoongining mahkam chirmashgan qo'llarini ratsiya orqali kelgan"Boss sizlarda hammasi joydami?" degan ovoz to'xtatdi.Ularning ortidan 2 ta mashina qo'riqchilar kuzatib kelyotgandi. Ular kechagi ko'ngilsizlikdan keyin juda hushyor bo''lib qolishgani uchun ham havotir bilan so'rashdi.

— Hammasi joyda, shunchaki bu yerda bittasining jiddiy kasali borga o'xshaydi.- dedi qitmir ohangda ratsiyani qo'liga olib.
— Tushunmadim, boss?! Yordam kerakmi?
— Yo'q hech narsa, atrofga ko'z quloq bo'lavering.-deb Jin aloqani tugatdi va oyna orqali orqaga qarab kulib qo'ygancha yoqasini tuzatdi.
— Shibal! dedi jahl bilan, kaftlarini yuziga qo'ygancha o'rindiqga boshini tashlab. Yoongining yaxshigina jahli chiqgani uchun Jin boshqa qitmirlik qilmaslikka qaror qildi.

Nihoyat ular kompaniyaga yetib kelishdi. Lekin doimgiday yuqorigi qavatga emas, aksincha deyarli hech kim foydalanmaydigan yertolaga tushishdi. U yerda kecha Yoongini ishdan chiqishini poylab unga pichoq sanchgan odamni saqlashayotgan edi.

Yoongi ichkariga kirishi bilan ikkita barzangi navbat bilan do'pposlayotgan ikki qo'li arqonga bog'lanib osib qo'yilgan erkakga ko'zi tushdi. Erkak 45-50 yoshlar atrofida, sochlariga oq oralagan, butun tanasi ko'karish va qon qotib qolgan yaralar bilan qoplangan. U xonaning shu sovug'ida bitta mayka kalta ishtonda qoldirilgandi. Xo'jayini kelganini ko'rgan yigitlar , gunohkorni ustiga bir chelak suv sepib uyg'otishdi. Og'zi burniga kirgan muzday suvdan miyyasi gangib qolgan kishi, yorilgan qovoqlarini zo'rg'a ochib qarshisida turgan, xuddi ajaldek unga qo'rquv soladigan dushmanini ko'rdi. Alamdan yoki noumidsizlikdan uning ayanchli kulgusi yangradi:

— Demak shaxsan o'zing jonimni olish uchun kelibsanda?-dedi xirillab

— Sen ishingni eplolmading, endi esa badalini to'lashing kerak. Undan oldin seni kim yollaganini aytishing kerak. Tezda rostini aytsang balki yengilroq o'lim nasib qilishi mumkin. Shuning uchun o'ylab javob ber!

O'sha yoqimsiz kulgu yana yangradi va bu safar hujum qilgan kishi Yoongining ko'zlariga tik qarab:

— O'zingizni kim deb o'ylaysan-a? Men uddalay olmaganim bilan, baribir bir kun boshqa "ota" kelib uddasidan chiqadi. Meni hech kim yollagani yo'q. Sen boshini yegan odamlar shunchalik ko'pki ularni eslolmaysan ham. Men yakkayu yagona farzandim uchun qasos olgani keldim.

Kishi to'satdan dodlab yig'lay boshladi:
— Meni Jehanim u atigi 18 yoshda edi. U bizga yordam beraman deb sizlarning lanati qo'rg'oningizga ishga kirdi. U juda baxtli edi. Pul to'plab o'qishga kirishni va o'z uyimiz bo'lishini orzu qilardi- dedi-da nafratdan yuzi qip-qizil bo'lgancha baqira boshladi. Bu orada qo'riqchilardan biri kelib Yoongining qulog'iga ma'lumotlarni yetkazdi.— Hammasiga senlar aybdorsanlar. Mening Jehanimni o'ldirdingiz, Sen yaramas qotil qilding bu ishni!!! Seni o'ldiraman, eshityapsanmi?! O'ldiraman!
To'satdan qorniga tushirilgan zarbdan jimib qolgan kishining sochidan tutib, Suga o'ziga qaratdi:

—Menga qara ey it! Bu yerda mehribon ota ro'lini o'ynashni hojati yo'q. Sen kabi maxluqni deb qizing o'qishini tashlab xizmatkorlikka rozi bo'lgan. Qimorga butun uyingni tikib xonavayron bo'lganingdan keyin pul olib kelmasa qizingni kaltaklay boshlagansan. Uning o'limi uchun berilgan badal pulini qurtday sanab olib, borib qimorga yutqazding va kelib menga "ota"man deb da'vo qilyapsanmi? Senga qasos kerakmi yoki pul ? Ablah o'zi sendaylarni yo'q qilish kerak!

Yoongi uning sochidan tortib shunday vajohat bilan gaplar edki, kishi o'limiga amin bo'lib, yolvorib yig'lay boshladi. Jin uni to'xtatmasa, hozir yarasi ochilib ketishi mumkinligini o'ylab, Yoongini ortga tordi.

— Suga hammasini o'zimiz hal qilamiz, sen bunga kuchingni ketkazma.
— Buni ortida kimdir borligi aniq. Chunki bu ablahning men qachon va qayerga borishimni aniqlashga aqli yetmaydi.

—Hop, o'zimiz topamiz. Hozir esa sen uyga bor. Bugun ishga o'zim qarab turaman. Sen dam olishing kerak.
Yoongi ortiga o'girilib chiqib ketayotgan payt ortidan yana o'sha kimsaning yoqimsiz ovozi eshitildi:

— Qilgan ishlaringga hali javob berasan! Xudoni oldida javob bersan, bilib qo'y! Qilmishing javobsiz qolmaydi, qilganlaring o'zingga qaytsin, yaramas qotil! Ming azob bilan o'lib ket, lana'tiiiii!!! Uning ovozini ketma-ket tushayotgan o'chirdi. Yoongi bir muddat joyida to'xtadi. Ortiga o'girilib bir nima demoqchi bo'ldiyu, kaftlarini asabiy siqib yana yo'lida davom etdi.

Asr vaqti... dekabr oyi bo'lgani uchun kunlar allaqachon qisqargan. Bellaning xonasi chiroq o'chiqligi boyis, biroz tund yoritilib turibdi. eshikga qarama qarshi tomonga qarab ibodat qilayotgan qiz 1-rakatni tugatayotganida eshikning tutqichi sekin pastga tushganini sezdi. Eshik juda sekin ochilib xonaga kimdir oyoq bosdi. Yelenaning yuragi hapqirib ura boshladi. Bir zum to'xtab qoldi. Qo'llarini ko'kragining ustida brlashtirib turarkan, oyoq tovushi tobora yaqinlashayotganini sezdi. Nima qilishini bilmaydi. To'xtab qolganini anglagach, ibodatini davom qila boshladi.

Zam sura o'qiyotgan payt bu oyoq tovush aniq erkakniki degan xulosaga keldi, Chunki xonani aylanib u tomon shoshilmasdan bosilayotgan qadamlar erkaklarga hos og'ir edi. Butun tanasi qo'rquvdan jimirlay boshlagan qiz Robbisiga qutqarishini iltijo qilib duo qildi. Xonaga kirgan odam na Jin yoki Taehyung deyish mumkin. Chunki ular hech qachon ibodatiga halaqit qilishmaydi. Uni faqat bir odam deb tahmin qilish mumkin. Faqat kim bo'lib kelgani muhimroq. Yoongi yoki Suga? Agar Yoongi holatida kelgan bo'lsa omadi chopgani, aksincha Suga bo'lsa o'limiga tayyor holatda o'rnidan turishi kerak. Chunki Suga bu safar uni qanday qiynashi yoki o'ldirib yuborishi mumkinligi noma'lum.

Yelena issiq ter chiqib yuvayotgan peshonasi aralash yuziga kaftini surtib duosini yakunladi. Oxrigi bor sajdaga bosh urar ekan, yana bir marta najot tiladi. Joynamozni huddi bezgak tutgandek qaltiragancha yig'ar ekan, ortiga qayrilganda yuragi yorilib qichiqirib yubordi:

Qizning yotoqida bamaylixotir yalpayib olgan Jungkook unga hayron qarab:

— Nima arvoh ko'rdingmi, baqirganing nimasi?
— Sen tarbiyasiz meni xonamga nega ruxsatsiz kirding? dedi Yelena jig'ibiyron bo'lib.
— Ruxsatsiz? Qachondan beri xonangga kirishim uchun ruxsat kerak bo'lib qoldi. Avval o'zing chaqirib bezor qilardingku?

— Xonamdan chiqib ket! Hoziroq dedi qat'iy ohangda.— Ibodat qilayotganda erkak kishi kirishi mumkin emas. Shuni ham o'rgatishmaganmi?
— Mehmonlarga qo'pol muomila qilish mumkin emas, senga ham shuni o'rgatishmaganmi? Yana...ko'rinib turibdi sen shu 7 yil ichida rosa aynitishgan ko'rinadi.

— Chiqib ket dedim.- Yelena battar asabiylasha boshladi.
Jungkook labidagi temirni tishlab qo'ygancha o'rnidan turdi, atayin asabiga tegish uchun xonani aylanib titkilay boshladi. Bella xonang ajoyib lekin nimadir yetishmayapti. Bilasanmi nima?
Yelena qo'llarini chirmab, ensasini qotirgancha unga qaramaslikka harakat qildi.
— Bilmaysanmi? dedi Jungkook bu safar birdan jiddiy ohangda yaqinlashib kela boshladi.— Yaxshi unda o'zim aytaman. Mana bu yerda meni rasmlarim turardi, har doim! Hozir esa yo'q! Nega ? Buni bilarsan ?- qo'llarini xona devoriga niqtab ko'rsatib.
— Chunki ularni axlatga tashladim. Xonamni to'ldrigan keraksiz narsalarni hammasini yo'q qildim-dedi beparvo ohangda .
Jungkook "shundaymi" degandek qoshlarini uchirdi. Shunda ko'zi stolda turgan o'sha kundalikka tushdi. Shundan so'ng lablariga yugurgan g'alamizlarcha kulgu bilan Yelenaga qaradi:
— Hammasini yo'qotmabsan chog'i. Adashmasam men bilan bog'liq barcha xotiralarni shunga yozib chiqgansan. Biram erinmasdingkii rosti seni ko'rib rosa rahmim kelardi. Hatto shunga o'xshash yana bitta kundalikni to'ldirib menga berganding " Buni faqat senga ishonaman" deb holi jonimga qo'ymay menga tutqazib ketganding.

Yelenani bu gaplardan keyin tok urgandek bo'ldi. Demak shuncha vaqtdan beri qidirib yurgan kundalikning keyingi qismi Jungkookda. Undan qanday qilib bo'lmasin qaytarib olish kerak!

— Uni menga qaytarib ber!
— Nega ekan? dedi Jungkook qizning g'alati bo'lib qolganidan shubhalanib.
— U meniki shunday ekan uni egasi qaytarib berishing kerak.Senga kerak ham emasku baribir.
— Yo'q bermayman.
—Nega?
— Chunki kundalikni menga sovg'a qilganding. Sovg'ani esa qaytarib berishmaydi.
— Senga umuman qiziq bo'lmagan narsani nega bermoqchi emassan?
— Shunchaki meniki bo'lgan narsa butun umr meniki bo'lishi kerak! dedi Jungkook oldidagi qizning nozik nuqtasini topganini tushunib.
— Iltimos uni menga qaytarib ber! U orqali xotiramni tiklamoqchiman axir-deb Yelena ayyorlikka o'tdi.

Jungkook unga boshdan oyoq qarab turdi-da o'ziga mo'ltirab turgan ko'zlarga qarab " yo'q" dedi va xona eshigi tomon yo'naldi.

— To'xta mayli uni qaytarib bermasang ham, o'qishimga ruxsat ber. Uni o'qiymanda senga darhol qaytarib beraman. Chin so'zim, iltimos.

— Mayli faqat meni oldimda belgilangan vaqt ichida o'qiysan.
— Tushunmadim?
— Nimasini tushunmaysan... bir kunda 5 daqiqa o'qishga beraman va kundalikni qo'lingga faqat men bilan biror joyga borib olasan.
— Nega bunday qilyapsan? Axir Meni yaxshi ko'rmaysan ham, avval faqat foydalanib keyin tashlab ketding. Endi nega yana oldimdan chiqyapsan o'zing?- o'ylanmasdan aytilgan gaplardan so'ng Yelena tilini tishlab qoldi.
— Shundaymi? Menimcha xotirang qaytgan faqat keraksizlari, Bella -dedi keskin shubhalangan ohangda Jungkook
— Bo'pti roziman deb yubordi qiz vaziyatdan chiqish uchun.
Jungkook indamasdan chiqib ketayotganini ko'rib battar qoni qaynagan qiz ortidan borib, to'xtatmoqchi bo'ldi. shunda Jungkook ortiga aylanib Yelenaga yana bir nazar solgach dedi:
— Shu ahvolda men bilan ketmoqchimisan?
—Nima?
— Egningga boshqa narsa kiyib ortimdan tush, kundalikni bugundan boshlay qolamiz.

Yelena hali ham ibodatda kiyadigan uzun ko'ylagi va ro'molida ekanligini payqadi. Eshik yopilganidan keyin, jahl bilan " Olifta! bu eng yaxshi kiym aslida!" degancha ming'irlab qo'ydi.

Garderobdan biroz zamonaviy va yopiq( ko'karishlarni yopib tura oladigan) kiyimni tanladi. Bellaning ko'proq o'xshash uchun biroz pardozlanib pastga tushdi.

Pastda Yun xonimning yonida Jungkook umuman boshqa qiyofasini ko'rsatib, odob bilan kulib gaplashayotganini ko'rib "ikkiyuzlamachi "degancha tez tez zinalardan tushib ularning oldiga bordi.

— Qizim Jungkook, seni aylantirib kelmoqchiligini aytdi. Men juda xursand bo'ldim Oxirgi paytlarda xonangga qamalib, juda odamovi bo'lib qolayotganding. senga hozir toza havo kerak, akalaring ham ishda bo'lgani uchun seni bir o'zingni aylanishga yuborishga ikkilanayotgandim. Lekin Jungkook o'g'lim, har doimgiday senni qayg'uradi. qara sen uchun qanday mehribon.

Yelena ensasi qotgancha soxta jilmayib qo'ydi.
— Oyi... demak menga ruxsat berasiz to'g'rimi?-ishonqiramay so'radi Yelena.
—Albatta, Jungkookga ishonaman. u senga g'amxo'rlik qiladi. Uyiga borayotgan ekansan, amakingga meni nomimdan salom ayt, qizim.

Jungkook Yelenani o'zining kulrang porschesida qo'rg'ondan olib chiqdi.

Yelena pov:

Uydan chiqganimizdan so'ng yeldek uchib borayotgan mashinadan atrofga qarar ekanman, bu joylar umuman menga begonaligini tushundim. Men uyimdan ancha uzoqqa olib kelingan tutqin edim. Hattoki hayolan eshikni ochib sakrasam, omon qolishim mumkinmi yo'qmi chamalab ham ko'rdim. Lekin yonimdagi yigit bilgandek tezlikni borgan sari oshirib borar edi.Uning telefoni ekranida Jennie degan yozuv paydo qilib jiringlay boshladi. Jungkook ko'zi tushushi bilan yoqmaganini bildirib telefonni biroz kuttirib ko'tardi. Ovozini ko'tarib qo'ygani uchun telefondan qizning nozlanib gapirishi aniq eshitilub turar edi.

— Jungkoookie qayerdasan, men seni necha soatdan beri uyingda kutib o'tiribman. Hattoki anavi Lisa ham kelib olibdi. Yana asabimga tegib, seni amakimdan so'rab o'tiribdi. Men esa zerikib seni kutishdan charchadim. Qachon kelasan-aaa?

O'sha Jennie deganlarining erkalanib gapirishidan hattoki mening ham ko'nglim aynib ketdi.

— Shundaymi, xolavachchalar ayni vaqtini topibsizlarda kelishga. —dedi Jungkook mashinani tezligini pasaytirib.
— Ha, tezroq kel. Birga kechki ovqat yeymiz.
— Bilasanmi, meni muhim ishlarim chiqib qoldi, shuning uchun meni kutmasdan ovqatlanaveringlar,Lisaga meni nomimdan salom ayt!
—Heyyy atay qilyapsanmi? Axir...

Qiz gapini tugatmasidan Jungkookni qizilni bosib, qo'ng'iroqni yakuladi.

U menga qarab :

—Uyimizda chaqirilmagan mehmonlar bor ekan, kel ularni deb bugunimizni rasvo qilmaylik. -dedi va mashinani keskin boshqa tomonga burib tezlikni oshirdi.
— Qayerga ketyapmiz, axir kundalik...
— Uyga borganing bilan kundalikni o'qiyolmaysan. Lisa bilan Jennie bor joyda tinchlik degan so'z ishlamaydi.Ularni qo'liga tushsam osonlikcha qutila olmayman.Ular kimligiga qiziqmaysanmi, yoki eslaysanmi ularni-deb ayyorona jilmayib qo'ydi Jungkook.
— Menga qizig'i yo'q. Hozir men bilishni xohlayotgan narsa ortga qaytyapmizmi shuni bilmoqchiman.
— Eee yo'q Yun xolamga seni aylantirib kelaman deb va'da berdim. Agar ortga darhol boradigan bo'lsang, mendan xafa bo'lishlari aniq qizaloq.
Uning nimani rejalashtirganini tushunmay, yuqori tezlik tufayli o'rindiqga qapishib oldim.

Birozdan so'ng g'alati joyda to'xtadik. Bu yerda ichib olgan yoshlar gandiraklab yurganini va uzundan-uzun qatorda ichkariga kirish uchun navbat kutayotganlarni ko'rdim. G'alati joy dedim, o'zimga o'zim, ularning kiyinish uslubi ko'zimga juda g'ayrioddiy ko'rinib angrayib qolganimni ko'rib Jungkook kulib:

— Yura qol, men bilan bo'lsang, seni shu kiyimda ham kirgizishadi.
—Nima?

Kim oilasi qo'rg'oni.

— Bella qayerga ketdi dedingiz oyi? -quloqlariga ishonmay qayta so'radi Taehyung. Ular Yun xonimning xonasida Yelenaning yo'qligini eshitgach yig'ilib olishgan edi.
—Nega hayron bo'lyapsan, Jungkook bilan uning uyiga mehmonga ketdi.
—Nega bizdan ruxsatsiz va ogohlantirmasdan ketadi- degancha gapga aralashdi Yoongi.
— Sizlarga nima bo'ldi u hozir 25 yoshda va qayerga borishini o'zi hal qilishga haqqi bor. Xattoki 18 yoshida ham uni bu qadar uyga qamab qo'ymagan edingiz.

— Oyi hozir umuman boshqa vaziyat, uni himoya qilish uchun cheklayapmiz halos.-dedi Taehyung tushuntirishga urinib.
Yoongi besaramjon holatda xonada borib kelar ekan, Joongkook qilayotgan qo'ng'iroqlari javobsiz qolayotganindan battar fig'oni falakka chiqdi.

Jin yigitlarga ishora qilib chetroqga chaqirgach, past ovoz bilan :
— Aniqlashimcha, ular uyga borishmabdi.

— Endi kutishdan boshqa ilojimiz yo'q.- dedi Taehyung xo'rsinib.

Yoongi tashqariga o'zini tinchlantirish uchun chiqib sigaret cheka boshladi. Sigaretani barmoqlari bilan ezg'ilar ekan, o'pkasiga tortilgan tutunni yulduzlar ko'rinib turgan dekabr osmoniga qarab pufladi.

O'sha kirish hammaga ham nasib qilmaydigan ba'zilar haftalab navbatda turib ham kirolmaydigan mashhur klub. Bu yerda boyvachchalar kelib ko'ngilxushlik qilardi. Bu yerdagi eng kambag'al odamning ham qo'sha-qo'sha do'konlari va restoranlari bor. Barmen oldidagi stolda yolg'iz o'zi o'tirgan qiz, ortiga o'girilib kelganlaridan beri do'stlari bilan bazmni boshlab yuborgan Jungkookga qaradi. Uning qo'lidagi qadahni urishtirib, bir deganda ichib yuborishi atrofidagi hammaning hammaga yaltoqlanishini ko'rgan Yelena norozi g'oldiranib qo'ydi.

— Kelganimizga bir soatdan oshdi, ketishni hayoliga keltirmaydi. Qayerdan ham unga ishonib chiqdim.- qiz shunday deb peshonasini peshtaxtaga qo'ydi. Uning oldiga barmen qo'ygan stakan ovozidan boshini qayta ko'tardi. Yigit muloyim va beozor kulib stakanni yana Yelena tomon surib qo'ydi.

— Siz yosh Janob Jeon bilan keldingiz to'g'rimi?
Yelena boshini chayqab tasdiqlab qo'ydi.
— Unday bo'lsa sharbatdan ichib tomoqingizni ho'llashingiz mumkin. Chunki janob siz o'ylagandan ancha kech ketadilar bu yerdan.
— shundaymii... degancha oldidagi anorli sharbatdan ho'pladi. Barmen yuvilgan stakanlarni sochiq bilan artar ekan qizga qarab kulib qo'ydi.

Clubda bazm avjiga chiqgan Jungkook markazda berilib o'ynayotgan payt yoniga J-hope kelib musiqa balandligi uchun qulog'iga baqirdi:

— Anavi tirilib kelgan qarindoshing balokuuu. Yoniga borib o'ramoqchi edim, menga shunday o'qrayib qarab gap bilan yaxshilab tarsaki tushurgandek qildi. Endi o'zimni bir uyum axlatdek his qilyapman. -deb haligacha o'rnidan qo'zg'almay boshini quyi solib o'tirgan qizga ishora qildi.

Jungkook do'stini ustidan kulib, olomon birma-bir chetlab o'tib Yelena tomon harakatlana boshladi.

Club
Jhope

— Xo'sh bu yer senga yoqyaptimi? dedi bar stoliga suyanib Bellaga egilib.
Eshik tomon hayol qilib qarab o'tirgan qiz unga o'grilganda, Jungkook uning yanoqlari qip-qizil tusga kirib, ko'zlari suzilib borayotganini payqadi.
— Mensiz ichibsanda, taklif qilsam ichmayman deb noz qilganding, yolg'iz ichish yoqadimi yoki?

— Heyy sen-dedi birdan baqirib— men ichmayman. Nega tuxmat qilyapsan? Bor yog'i 3 stakan anorli sharbat ichdim.
—Anorli sharbat? deb barmenga ma'noli qarab qo'ydi. Yigit talmovsirab:
— Xonim siz bilan kelganini aytgandi shunga har doimgiday....
Jungkook qo'li bilan stop qilib ko'rsatdi.
U oldida bir nechta stakandan o'lguday mast bo'lib qolgan qizga qarab hayron qoldi:
—Bella 25 yoshga kirding shuni ham ko'tara olmayapmisan?
— Qanaqa Bella???? Men Yelenaman dedi qiz ko'ksiga urib, uning ko'zlari zo'rg'a ochilib turardi. Sen ahmoq bunday joylarga kelishni o'rniga odamga o'xshab tarbiya olsang bo'lmaydimi-a? Necha yoshsan o'zi, nari borsa 27-28, Sen bo'lsang faqat ko'ngilxushlik bilan bandsan. Senga o'xshagan tabiyasiz yigitlarni bilasanmi nima qilish kerak? Qiz yigitga tahdid bilan qo'lini kindikiga niqtadi. Manashu yeringdan skalpel bilan bo'g'zinggacha tortib yuborish kerak. Ichaklaringni chiqarib olib, boshingga salla qilib o'rab qo'yaymi?!

Jungkook uning g'alati gaplaridan bir kulgusi qistar bir tanasida tasavvur qilib badani jimirlab ketdi.

—Kayfing oshib valdirayverchi menga o'zi shu kerak edi.

— Hozir yana biroz kech qolganingdan anovi eshikdan chiqib ketardimda, uyimga ketardim. Hech kimga qaramay, piyoda, oxirgi tomchi qonim qolguncha yugurardim. O'zimni uyimga ketardim. Bu safar qizning ko'zlari yoshlandi. - Uyimni qanchalar sog'inganimni bilasanmi? Bilmaysan! O'zimni avvalgi hayyotimga qaytishim uchun borimni bergan bo'lardim.

— 2-3 soatni ichida qo'rg'onni shunchalar sog'indingmi, Bella?
— heey men senga aytdimku men Yelenaman deb! qani aytchi... Hiq...hiq... Yelena!
—Yelena.. bu kim bo'ldi endi dedi Jungkook qiziqib
— Bu men .. haqiqiy men.. Meni Bella deb chaqirishlarini umuman xohlamayman. Menga Bella bb yashash umuman yoqmaydi. Bildingmi?
— Unda aslida kimsan, shu paytgacha kim bo'lib yashading?
—Men ...men Yelena.. degancha boshini peshtaxtaga tashlab qotib qoldi.
Jungkookning xafsalasi pir bo'lgancha, qizni suyab clubdan olib chiqdi. Mashinada uyga qaytar ekanlar qizning tinmasdan uyimga ketaman deb yig''lamsirab alahsirashlarini eshitib ketdi.

Yelena birinchi bora spirtli ichimlik iste'mol qilgani uchun yo'lning yarmida ko'ngli bexuzur bo'la boshladi. Jungkook mashinani yo'l chetiga to'xtatib uni mashinadan olib chiqishga zo'rg'a ulgurib qoldi. Yo'l chetiga qayt qilayotgan qizga qarab, ichirgani uchun barmenni yaxshilab so'kib qo'ydi. Egilganda sochlari oldinga tushib halaqit berayotganligi sababli qizning sochini qo'llari bilan yig'moqchi bo'ldi. Shu payt qorong'u bo'lsada bo'ynining ortda qolgan ko'karish izlarini payqab qoldi. Yelenani mashinaga suyab bo'ynini yaxshilab tekshirar ekan, g'azablanib buni kim qilganini so'ray boshladi., lekin qiz mast bo'lgani uchun javob ham berolmasdi. Noiloj mashinaga qayta o'tqazib yo'lida davom etishdi.

Kulrang porsche qo'rg'onga kirib kelar ekan, tashqariga birinchi bo'lib Jin va Taehyung chiqishdi. Jungkook mashinadan tushar ekan, ularga qo'l silkib , yon tomonidagi Yelenani suyab chiqardi. Buni ko'rgan Tae va Jin tezlik bilan ularga yaqinlashishdi.

— U atigi 3 stakan ichib shu ahvolga tushdi. Alkogolga umuman chidamsiz bo'lib qolibdi tovba
— Jungkook nega uni olib ketding? Bella nega bu ahvolda -dedi Tae qizni ahvolini ko'rib so'roqlay ketdi.
— Tinchlaning biz shunchaki aylanib keldik. Shu payt Yelena yarim ochiq ko'zlarini ochib atrofiga qaradi. Ko'zi Tae ko'rishi bilan ertalabki vaziyat esiga tushdi yig'lay boshladi.

— Biror joying og'riyaptimi Bella nega yig'layapsan ? dedi Tae havotirlanib

— Siz... siz... nega....meni qiynaysiz...😭
—Nima? deb gadirlaklab yiqilayotgan qizni tutib qoldi Tae. Yelena bo'lsa qo'llari bilan yigitning ko'ksini mushtalab yig'lashda davom etdi.

— Sizni deb yig'layapman, meni xafa qildingiz, eshitdingizmi?! Men.....😭 axir men....sizni....
Qizning gapi bo'linishiga Yoongini kelib uni birdan oyog'idan dast ko'tarib yelkasiga ortib olgani sabab bo'ldi. Qolgan uchta yigit angraygancha qarab qolishdi. Yoongi bo'lsa hech kimga qaramasdan to'g'ri uyga qarab ketdi. Yelena uning yelkasida tinmay tipirchilab "Hammasiga sen aybdorsan seni yomon ko'raman " deb baqirib borardi.

Mana shunaqa qiziq joyida 12-episodni tugatdim angels.😁 Keyingi qismini hammadan oldin o'qish uchun fikr bildiring. Shunda birinchi sizni lichkaningizga tashlayman ffni keyin kanalga. Sizlardan ham uzundan uzoq tassurot kutib qolaman🙃

Har doimgiday aytadigan gapib loyiq bo'lsa reaksiya bosib qo'ying. Mehnatimni qadrlaysiz degan umiddaman.