- BIG BAD WOLF -
Katta shohona bazm oʻtkaziladigan zal. Hona devorlari estetikasi eski davr saroylarini yodga solib yuboradigan naqshlar bilan ishlangan. Barcha yoqqa sariq oltin rangli tul pardalar tortilgan. Shamchiroqlar ham barcha e'tiborni oʻziga tortgan koʻyi oʻz nurlarini zal boʻylab baham koʻrmoqda. Barcha badavlat zadagonlar oʻsha 'Jungkookni qaytishi' haqida eshitgach bugungi bazm ham u uchunligini anglab turmoqdalar. Bir xil kiyimdagi afissantlar tinmay barchaga hizmat qilmoqda. Biroq hamon kutilgan kishi koʻrinish bermadi. Hamma uni kutayotgan paytda Jungkook oʻzi uchun ajratilgan honasida boʻynidagi boʻyinboʻgni toʻgʻrilash bilan band. Barcha urinishlar samarasiz ketgach lablari orasidan koreyscha soʻkinish chiqarib boʻyinboʻgni zarb ila yerga otgancha honani tark etdi. Keng zinalar. Ularga moslashgan qizil gilam. Mayin skripka ovozi har bir mexmon qulogʻiga chalinib ichida yoqimli gʻalayon koʻtarilishiga sabab boʻladi. Oradan soniyalar oʻtdi. Nihoyat kutilgan kishi hona markazida oʻzini koʻrsatdi. Qoʻlidagi qadahdan bir yudum hoʻplagan Jungkook har bir kishiga qarab uni kim ekanliklarini fahmlab turardi.
-Oldin bu yerga kelgan honim va janoblarga tashakkur!
Zaldagi honim va janoblar ovoz kimdan chiqayotgan bilish uchun koʻzlarini barcha mexmonlar boʻylab sayr qildirishdi. Qorachiqlar kimga qadalganligi aslida ma'lum
-Men Jeon Jungkook! Qaytgan Jeonlar vorisi! Bilaman qaytishim koʻp kutilgan, meni kutgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Bugungi kecha ham shu uchun aslida "Jeon Jungkook ning qaytishi" uchun.. Hoʻp koʻp gaplab qadrli qimmat vaqtingizni olmaymay hali tanishish uchun koʻp vaqtimiz boʻladi. Shunday ekan Bazmni ajoyib oʻtkazishga davom eting.. Barchaga Rahmat!
Yana achchiq suyuklik tomoqni sayr qildi. Achishish yigitning yuzlaridagi burishishdan ayon aslida. Qoʻlidagi yarim tugallanmagan qadahni afissant qizni patnisiga qoʻyib, uni uzoqdan burgut koʻzlari bilan tomosha qilib turgan otasiga miyigʻidan kulgancha u tomon ketadi.
-Mark koʻzga koʻrinmaydi? Nima kelmaydimi? Toʻgʻrisi hafa boʻldim..
-Nima.! ( Yuzidan hayronlik aniq ayoq qilgan Jungkook oʻzidan ajoyib aktyor chiqishini oʻziga taqidlardi.
-Seni ilk qiladigan ishing ham shu! Yashirin qotilni topib uni yoʻq qilasan! Bizni hamkorlarimizni oʻldiryapdi!
-Oh yoʻq.. Bir-birimizni ishlarimizga burnimizni tiqmaymiz! Men nega qaytganimni oʻzingiz juda yaxshi bilasiz otajon, onamning omonati singlimni topaman va Yonani ham olib bu yerlardan ketaman la'nati familyangizni oʻzingizga qoldirib. Shunday oʻsha yashirin BBW ni ham oʻzingiz toping!
Jungkook ni nigohi so'nggi bor Jeonga qadaladi keyin esa u ham mehmonlar orasiga qorishdi. Jeonning e'tiborini bitta soʻz tortishga ulgurgan. Qoshlar uyildi. Koʻzlar mexmonlar bilan suxbat qurayotgan Jungkookga qadaldi.
-Men unda hali BBW haqida aytganim yoq-ku? Bu yerda bir ish bor.. Yoki Jungkook uni taniydimi?
Juft kaftlar oltin bilan ishlangan hassasi ustida turibdi. Bir qoʻlini kastyumini choʻntagiga solib raqam teradi. Signal ovozi eshitilmoqda, biroq nigohlar hamon yigitdan uzilmagan.
-Nega aynan 6 yildan soʻng qaytdingiz janob Jungkook?
-Bu joyi sir boʻla qolsin.. Hayot sirlar ila goʻzal emasmi?
-Huddi shunaqa.. Haligi juda kelishgan ekansiz..
Qizil baxmaldan tikilgan nafis kiyim qizning benuqson tanasini bezab turmoqda. Bel qismi yetarli darajada ochiq boʻlib, ingichka belini hammasi koʻz koʻz qilyapdi qiz. Albatta bu bizning Jungkook ni ham e'tiborini va yovvoyi nigohlari huddi magnit singari oʻziga tortgandi. Qizning yolg'izligini oʻziga foyda deb bilgan yigit darrov ovga tashlandi.
-Bilaman ( lab chetidan jilmayish. - Koʻp bora aytishgan (qo'shimcha qildi yigit. Keyinchalik qiz badavlat boylarga hos tarzda mayin kulib qoʻydi. Jungkook boshini butun hona boʻylab harakatga keltirar ekan eshikdan kirgan juftlik sabab qoshlari chimiriladi. "Hozir 1 soniya" oʻsha qiz yonidan uzoqlashib kelgan mehmonlarni qarshi olgani ketdi Jungkook.
Ha u qizni tanidi, bu uning boʻrichasi Heyi dan oʻzgasi emasdi biroq oʻzi boʻlishi kerak joyda Jimin turardi.
Qizning nozik qoʻllari Jiminni bilagida. Ikkala yosh juftlik ham mamnun jilmaymoqda. Yigitning qadamlari tezlashadi. Gʻazab ichini toshib chiqadi. Bu nimani gʻazabi? Yaqin doʻstini boʻrichasi bilanligimi yoki qizning qoʻllari oʻzgasidaligimi? Mehmonlar borligini inobatga olgan Jungkook qadamlarini dadillashtiradi va kiyim yoqasini to'gʻirlash barobarida turli xil atir hidlari aralashgan havodan chuqur nafas yutadi. Gʻazab egallagan yuzini yoʻqotish uchun oʻzini jilmayishga undaydi.
-Oh Jimin, yolgʻiz kelmayman deganda aldamagan ekansan ( Dedi oʻzini bosishga uringan Jungkook.
-Jimin? Bizni bu boʻri.. Haligi farishta bilan tanishtirmaysanmi?
-Ha.. Kim Heyi meni yoshlikdagi doʻstim boʻladi.. Heyi bu esa Jungkook...
-Tanishganimdan hursandman Heyi honim ( Yigit qoʻllari qiz tomon yoʻnaladi. Qiz esa istamaygina Jimin yonida boʻlgani sabab Jungkook ni qoʻlini siqadi. Albatta bu ishdan keyin Jungkook ning yuIni ayyorona tabassum egallaydi. Oʻzining asosiy mexmonlarini ichkariga davat qilgan Jungkook, Heyi dan nigohlarini olib qocha olmayotgandi. Qora huddi boʻrini junidek matodan tikilgan kiyim. Ochiq yelkalar va bu oppoq qordek boʻyinni bezayotgan qimmatli zargar. Tunni eslatuvchi sochlar yigʻilgan, yuzga esa juda bortirib makyaj qilinmagan aftidan qizning oʻzining haqiqiy go'zalligini yashirishni hohlamagan koʻrinadi. Oʻzlari uchun ajratilgan joyga kelgan Jimin va Heyi mexmonlarni e'tibor markazida edilar. Noqulay vaziyatga tushgan Heyi iloji boricha tez tugashini istardi bu kechani.
Pov Heyi
U Jeon Jungkook.. Ha oʻsha Jeon Jungkook! Va u Jiminning doʻsti! Jin ursin* nega avvalroq eslamadim oʻsha kun qahvaxonaga kelgan ham u edi. U shunchalik badavlat ekan unda meni koʻchamda yarador holda nima qilib yurgandi? Aysh.. Sezyapman uning nigohlari Jimin va menda! Menimcha hali umrim davomida bunchalik noqulay sharoitga tushmaganman. Nima qilsam ekan yoki Jiminga ahvolim yomonligini aytib bu joydan ketsammi? Yoʻq unda Jiminni oqshomini harob qilaman. Jiminga hojatxonaga boraman deb kiyimimni egatini koʻtarib shovqin suron kam boʻlgan joy tomon odimladim. Ha endi ancha yaxshi. Quloqlarim yorilay deyotgandi. Bunchalik ham baland qoʻyadilarmi musiqani.. Ayollar uchun ajratilgan hojatxona kirdim. Suvni sovuq tarafini ochib yuzimni yengil yuvdim. Biroq olovdanda battar yonayotgan yuzim hech soviy demasdi. Yanoqlarim qizgʻish tusda. Nimalar boʻlyapdi menga oʻzi? Tushuna olmayapman. Qancha payt bu joyda qoldim bu menga mavhum. Lekin chiqmasam Jimin kelishi mumkin.. Yuzimni bir marta ishlatiladigan salfetkaga ortib eshik burmasidan ushlab tashqariga chiqdim.
-Aysh.. Qachon tugaydi oʻzi bu kecha ~
-Sen uchun hali beri tugamaydi boʻricham~
*Bu yogʻon ovoz. Boʻrichamning yoqimli talaffuzini faqat va faqat bitta inson qila olardi. Yashin tezligida ortimga ogʻirilar ekanman oʻzining kech yelkasini devorga tirab koʻzlarini yumib turgan oʻsha Jungkook deganlari bilan to'qnashdim. Kipriklarini sekin koʻtarib qora boʻri koʻzlarini menga tikdi. Lab chetidan sekin jilmayadi. Bu bola aqldan ozganmi? Bu joydan tez ketishim kerak.! Katta katta qadamlar ila bu joyda tez vaqtda tark etishni istadim. To'gʻrisi uni meni toʻxtatishini kutdim lekin u hech narsa qilmay shunchaki meni kuzatdi.
* Soniyalar daqiqani quvdi. Bazm har doimgidek qizgʻin tarzda davom etmoqda. Mexmonlar avvalgiga qaraganda ancha susaygan. Soat strelkasi yarim tun tomon harakat qiladi. Endi esa asosiy qism. Heyi qoʻlidagi Jimin tomonidan tutqizilgan qadahga qarab qanday ichishni oʻylardi. Jungkook nihoyat davraga qoʻshilib, skripkachi yoniga bordida qulogʻiga nimadir shivirlab oyoqlarini Heyi va Jiminni stoli tomon burdi.
-Men bilan vals tushishga nima deysiz Heyi honim?
Bir qoʻlini Heyi tomon choʻzgancha egildi Jungkook. Bu harakatiga barcha zaldagilar hayronlik ila kuzatishga davom etdi hatto ularni bir chetda tomosha qilib turgan Jimin ham. Heyi oldin nigohlari bilan yon atrofga qarar ekan, hammaning koʻzi ayni dam ularda ekanligini angladi. Pastki labini qattiq tishlab majburlik ila istamaygina uning qoʻlini tutdi.
Buna bir göz at... 👀 https://pin.it/2sSLV4p0U