- BIG BAD WOLF -
Katta shohona bazm oʻtkaziladigan zal. Hona devorlari estetikasi eski davr saroylarini yodga solib yuboradigan naqshlar bilan ishlangan. Barcha yoqqa sariq oltin rangli tul pardalar tortilgan. Shamchiroqlar ham barcha e'tiborni oʻziga tortgan koʻyi oʻz nurlarini zal boʻylab baham koʻrmoqda. Barcha badavlat zadagonlar oʻsha 'Jungkookni qaytishi' haqida eshitgach bugungi bazm ham u uchunligini anglab turmoqdalar. Bir xil kiyimdagi afissantlar tinmay barchaga hizmat qilmoqda. Biroq hamon kutilgan kishi koʻrinish bermadi. Hamma uni kutayotgan paytda Jungkook oʻzi uchun ajratilgan honasida boʻynidagi boʻyinboʻgni toʻgʻrilash bilan band. Barcha urinishlar samarasiz ketgach lablari orasidan koreyscha soʻkinish chiqarib boʻyinboʻgni zarb ila yerga otgancha honani tark etdi. Keng zinalar. Ularga moslashgan qizil gilam. Mayin skripka ovozi har bir mexmon qulogʻiga chalinib ichida yoqimli gʻalayon koʻtarilishiga sabab boʻladi. Oradan soniyalar oʻtdi. Nihoyat kutilgan kishi hona markazida oʻzini koʻrsatdi. Qoʻlidagi qadahdan bir yudum hoʻplagan Jungkook har bir kishiga qarab uni kim ekanliklarini fahmlab turardi.
-Oldin bu yerga kelgan honim va janoblarga tashakkur!
Zaldagi honim va janoblar ovoz kimdan chiqayotgan bilish uchun koʻzlarini barcha mexmonlar boʻylab sayr qildirishdi. Qorachiqlar kimga qadalganligi aslida ma'lum
-Men Jeon Jungkook! Qaytgan Jeonlar vorisi! Bilaman qaytishim koʻp kutilgan, meni kutgan barchaga minnatdorchilik bildiraman. Bugungi kecha ham shu uchun aslida "Jeon Jungkook ning qaytishi" uchun.. Hoʻp koʻp gaplab qadrli qimmat vaqtingizni olmaymay hali tanishish uchun koʻp vaqtimiz boʻladi. Shunday ekan Bazmni ajoyib oʻtkazishga davom eting.. Barchaga Rahmat!
Yana achchiq suyuklik tomoqni sayr qildi. Achishish yigitning yuzlaridagi burishishdan ayon aslida. Qoʻlidagi yarim tugallanmagan qadahni afissant qizni patnisiga qoʻyib, uni uzoqdan burgut koʻzlari bilan tomosha qilib turgan otasiga miyigʻidan kulgancha u tomon ketadi.
-Mark koʻzga koʻrinmaydi? Nima kelmaydimi? Toʻgʻrisi hafa boʻldim..
-Nima.! ( Yuzidan hayronlik aniq ayoq qilgan Jungkook oʻzidan ajoyib aktyor chiqishini oʻziga taqidlardi.
-Seni ilk qiladigan ishing ham shu! Yashirin qotilni topib uni yoʻq qilasan! Bizni hamkorlarimizni oʻldiryapdi!
-Oh yoʻq.. Bir-birimizni ishlarimizga burnimizni tiqmaymiz! Men nega qaytganimni oʻzingiz juda yaxshi bilasiz otajon, onamning omonati singlimni topaman va Yonani ham olib bu yerlardan ketaman la'nati familyangizni oʻzingizga qoldirib. Shunday oʻsha yashirin BBW ni ham oʻzingiz toping!
Jungkook ni nigohi so'nggi bor Jeonga qadaladi keyin esa u ham mehmonlar orasiga qorishdi. Jeonning e'tiborini bitta soʻz tortishga ulgurgan. Qoshlar uyildi. Koʻzlar mexmonlar bilan suxbat qurayotgan Jungkookga qadaldi.
-Men unda hali BBW haqida aytganim yoq-ku? Bu yerda bir ish bor.. Yoki Jungkook uni taniydimi?
Juft kaftlar oltin bilan ishlangan hassasi ustida turibdi. Bir qoʻlini kastyumini choʻntagiga solib raqam teradi. Signal ovozi eshitilmoqda, biroq nigohlar hamon yigitdan uzilmagan.
-Nega aynan 6 yildan soʻng qaytdingiz janob Jungkook?
-Bu joyi sir boʻla qolsin.. Hayot sirlar ila goʻzal emasmi?
-Huddi shunaqa.. Haligi juda kelishgan ekansiz..
Qizil baxmaldan tikilgan nafis kiyim qizning benuqson tanasini bezab turmoqda. Bel qismi yetarli darajada ochiq boʻlib, ingichka belini hammasi koʻz koʻz qilyapdi qiz. Albatta bu bizning Jungkook ni ham e'tiborini va yovvoyi nigohlari huddi magnit singari oʻziga tortgandi. Qizning yolg'izligini oʻziga foyda deb bilgan yigit darrov ovga tashlandi.
-Bilaman ( lab chetidan jilmayish. - Koʻp bora aytishgan (qo'shimcha qildi yigit. Keyinchalik qiz badavlat boylarga hos tarzda mayin kulib qoʻydi. Jungkook boshini butun hona boʻylab harakatga keltirar ekan eshikdan kirgan juftlik sabab qoshlari chimiriladi. "Hozir 1 soniya" oʻsha qiz yonidan uzoqlashib kelgan mehmonlarni qarshi olgani ketdi Jungkook.
Ha u qizni tanidi, bu uning boʻrichasi Heyi dan oʻzgasi emasdi biroq oʻzi boʻlishi kerak joyda Jimin turardi.
Qizning nozik qoʻllari Jiminni bilagida. Ikkala yosh juftlik ham mamnun jilmaymoqda. Yigitning qadamlari tezlashadi. Gʻazab ichini toshib chiqadi. Bu nimani gʻazabi? Yaqin doʻstini boʻrichasi bilanligimi yoki qizning qoʻllari oʻzgasidaligimi? Mehmonlar borligini inobatga olgan Jungkook qadamlarini dadillashtiradi va kiyim yoqasini to'gʻirlash barobarida turli xil atir hidlari aralashgan havodan chuqur nafas yutadi. Gʻazab egallagan yuzini yoʻqotish uchun oʻzini jilmayishga undaydi.
-Oh Jimin, yolgʻiz kelmayman deganda aldamagan ekansan ( Dedi oʻzini bosishga uringan Jungkook.
-Jimin? Bizni bu boʻri.. Haligi farishta bilan tanishtirmaysanmi?
-Ha.. Kim Heyi meni yoshlikdagi doʻstim boʻladi.. Heyi bu esa Jungkook...
-Tanishganimdan hursandman Heyi honim ( Yigit qoʻllari qiz tomon yoʻnaladi. Qiz esa istamaygina Jimin yonida boʻlgani sabab Jungkook ni qoʻlini siqadi. Albatta bu ishdan keyin Jungkook ning yuIni ayyorona tabassum egallaydi. Oʻzining asosiy mexmonlarini ichkariga davat qilgan Jungkook, Heyi dan nigohlarini olib qocha olmayotgandi. Qora huddi boʻrini junidek matodan tikilgan kiyim. Ochiq yelkalar va bu oppoq qordek boʻyinni bezayotgan qimmatli zargar. Tunni eslatuvchi sochlar yigʻilgan, yuzga esa juda bortirib makyaj qilinmagan aftidan qizning oʻzining haqiqiy go'zalligini yashirishni hohlamagan koʻrinadi. Oʻzlari uchun ajratilgan joyga kelgan Jimin va Heyi mexmonlarni e'tibor markazida edilar. Noqulay vaziyatga tushgan Heyi iloji boricha tez tugashini istardi bu kechani.
Pov Heyi
U Jeon Jungkook.. Ha oʻsha Jeon Jungkook! Va u Jiminning doʻsti! Jin ursin* nega avvalroq eslamadim oʻsha kun qahvaxonaga kelgan ham u edi. U shunchalik badavlat ekan unda meni koʻchamda yarador holda nima qilib yurgandi? Aysh.. Sezyapman uning nigohlari Jimin va menda! Menimcha hali umrim davomida bunchalik noqulay sharoitga tushmaganman. Nima qilsam ekan yoki Jiminga ahvolim yomonligini aytib bu joydan ketsammi? Yoʻq unda Jiminni oqshomini harob qilaman. Jiminga hojatxonaga boraman deb kiyimimni egatini koʻtarib shovqin suron kam boʻlgan joy tomon odimladim. Ha endi ancha yaxshi. Quloqlarim yorilay deyotgandi. Bunchalik ham baland qoʻyadilarmi musiqani.. Ayollar uchun ajratilgan hojatxona kirdim. Suvni sovuq tarafini ochib yuzimni yengil yuvdim. Biroq olovdanda battar yonayotgan yuzim hech soviy demasdi. Yanoqlarim qizgʻish tusda. Nimalar boʻlyapdi menga oʻzi? Tushuna olmayapman. Qancha payt bu joyda qoldim bu menga mavhum. Lekin chiqmasam Jimin kelishi mumkin.. Yuzimni bir marta ishlatiladigan salfetkaga ortib eshik burmasidan ushlab tashqariga chiqdim.
-Aysh.. Qachon tugaydi oʻzi bu kecha ~
-Sen uchun hali beri tugamaydi boʻricham~
*Bu yogʻon ovoz. Boʻrichamning yoqimli talaffuzini faqat va faqat bitta inson qila olardi. Yashin tezligida ortimga ogʻirilar ekanman oʻzining kech yelkasini devorga tirab koʻzlarini yumib turgan oʻsha Jungkook deganlari bilan to'qnashdim. Kipriklarini sekin koʻtarib qora boʻri koʻzlarini menga tikdi. Lab chetidan sekin jilmayadi. Bu bola aqldan ozganmi? Bu joydan tez ketishim kerak.! Katta katta qadamlar ila bu joyda tez vaqtda tark etishni istadim. To'gʻrisi uni meni toʻxtatishini kutdim lekin u hech narsa qilmay shunchaki meni kuzatdi.
* Soniyalar daqiqani quvdi. Bazm har doimgidek qizgʻin tarzda davom etmoqda. Mexmonlar avvalgiga qaraganda ancha susaygan. Soat strelkasi yarim tun tomon harakat qiladi. Endi esa asosiy qism. Heyi qoʻlidagi Jimin tomonidan tutqizilgan qadahga qarab qanday ichishni oʻylardi. Jungkook nihoyat davraga qoʻshilib, skripkachi yoniga bordida qulogʻiga nimadir shivirlab oyoqlarini Heyi va Jiminni stoli tomon burdi.
-Men bilan vals tushishga nima deysiz Heyi honim?
Bir qoʻlini Heyi tomon choʻzgancha egildi Jungkook. Bu harakatiga barcha zaldagilar hayronlik ila kuzatishga davom etdi hatto ularni bir chetda tomosha qilib turgan Jimin ham. Heyi oldin nigohlari bilan yon atrofga qarar ekan, hammaning koʻzi ayni dam ularda ekanligini angladi. Pastki labini qattiq tishlab majburlik ila istamaygina uning qoʻlini tutdi.
Jungkook shahvoniy jilmayib rejasini alo darajada ishlaganiga hursand. Hashamatli zadagonlarga hos katta zal. Va aynan oʻsha zal oʻrtasida bir biridan nigohlarini uzmaygina tikilib turgan juftlik. Yigit qizning bel qismidagi qoʻlini harakatga keltirib siqish barobarida mayin silab qoʻydi. Heyiga bu harakat hush yoqmayotgan boʻlsada barcha o'gʻri nigohlar undaligini anglab lab tishlab bilan cheklanardi.
-Bugun juda odoblisan, Little wolf..
-Haddingni oshma Heyi Kim! Alpha ga, qarshilik koʻrsatish yaxshi emas~
-Men ham seni yaxshi koʻraman.. Qani endi men uchun tanangni ritmga moslab raqs tush..
Balant shovqinli musiqa quloqlarni biroz vaqtga tark etgan koʻrinadi. Barcha mehmonlar doira boʻlib olgan holda, Heyi bilan Jungkook valsini tomosha qilishardi. Mayin huddi Oqqush singari qilinayotgan yumshoq harakatlar va uning yonida qora oqqush misol uni ochigʻini toʻldirayotgan yigit. Skripka notalari bilan uygʻunlashgan tana. Yoqimli ovozlar hamon saqlanib kelmoqda. Zolushka va shahzodani raqsini yodga olish mumkin bu holatda. Va nihoyat oxirgi notalar ham skripkadan chiqdi. Musiqa yakunlangach Heyi tezlik ila Jungkook ni qoʻlini yuborib zalni tark etadi. Qizni honadan soyasi yoʻqolguncha koʻzlarini olmadi. Jimin chaqqonlik qilib uning bilagidan ushlab odam holi joyga yon boshladi.
-Heyi ni nega raqsga taklif qilding?
-Nima mumkin emasmi? Va agar istamasa rad etishi ham mumkin edi..
-Jungkook. Eshit. Heyini men juda yoqtiraman yoshligimdan beri.. Lekin otam uni bizni oilaga mos emasligini taqidlab meni undan ayirgan! Endi uni qayta topdim ammo
birovga berib qoʻymayman. Meni tushunding deb.oʻylayman.!
-Kxm.. Jimin.. Heyi honim menga ham yoqdi. Kel kelishamiz bir hafta. Shu bir hafta ichida Heyi kim bilan koʻp vaqt oʻtkazsa shuniki boʻladi! Kelishdikmi? ( Jiminni bilagidagi qoʻlini sekin olgan Jungkook bir qoshini tepaga uchirgancha doʻstidan javob kuta boshladi. Biroq oradan daqiqalar oʻtishiga qaramay hamon Jimin tomondan sas sado chiqqani yoʻq. Kutishni oʻziga ep bilmagan Jungkook Jiminni qulogʻi tomon egilib sekin ovozda pichirlardi. "Heyi meniki boʻladi" keyinchalik qoʻllari uning choʻntagida joy olib ketayotgan mehmonlarni uzatish uchun ular yoniga shoshdi. Karaxtlik. Miyaga bir savol ham sigʻmasligi. Doʻsti tomonidan bir qiz ustidan oʻyinga qoʻshilganligi. Yana oʻsha qiz Heyi Kim. Boshini chayqab bu salbiy oʻylardan qutulishni istagan Jimin kiyim yoqasini to'gʻirladi.
-Senga yutqazib qoʻymayman Jungkook!
Bu kecha va bazm Jimin uchun shu vaqtni oʻzida toʻxtagandi. Boʻyin qismini yengil bir necha bor uqalagach zalni katta katta qadamlar bilan tark etdi.
Soat millari endilikda tungi ikki ekanligini aytib turmoqda. Bazm zali allaqachon boʻshagan faqat ishchilar yigʻishtirish bilan band. Jungkook esa oʻzini stulga tashlab spirt shishasi tola sojuni boʻshatmoqda. Har gal boʻshagan qadahni yana toʻldirib uni tomogʻi tomon olib boradi. Suyuqlik doimgidek achchiq tomoqni qirsada, qayta ichish hohishni soʻndira olmasdi. Soʻnggida qoʻliga shishani olib oʻrnidan turgan Jungkook tashqariga chiqish uchun eshikni qidira boshladi. "Chiqish" yozuvini koʻzlari payqadi va oyoqlar oʻsha tomon harakatlandi. Tashqariga chiqqach tunning sovuq havosi uchun yuzini erkalagan koʻyi tanasiga titroq soldi. Qoʻlidagi shishani axlat qutisiga tashlagan Jungkook yoʻl chetidagi tanish kiyim va egasiga koʻzi tushadi. Alkogolga oʻrgangan organizmi sabab hali ikki qadah bilan mast boʻlmagan Jungkook oʻsha soya tomon sekin qadamlar tashlaydi.
-Nega hamon uyingga ketmading?
Heyi Jungkook tomon nigoh tashlaydi. Yoqimli biroq salqin shabada uning ochiq yelkasiga tegishi bilan qiz sovuq sabab titrab yuboradi. Qizlarni nega doim goʻzallik uchun oʻzlarini qurbon qilishlari hamon anglab yetmagan Jungkook chuqur uh tortib ustidagi kastyumini yechib qizning yelkasiga tashlaydi. Heyi hayronlik aks etib turgan koʻzlari bilan Jungkook ga qarab qoladi.
-Suvga tushgan mushukdek titrab turishinga tomosha qilib turmoqchi emasman.. Hozir mashinam keladi uyingga tashlab qoʻyaman..
-Soat 2 boʻlganidan habaring bormi boʻricham.?!Agar shu soatda taksi topa olsang senga mashinamni berib yuboraman
Qiz tomondan boshqa ovoz chiqmaydi. Daqiqaga yetmay kutilgan Jungkook ning mashinasi keladi. Jentilmenlik qilgan Jungkook old oʻrindiqni eshigini ochib qizni oʻtirishini kutadi. Heyi chuqur havo yutgach noiloj mashinaga joylashadi. Haydovchi oʻrindiqga kelgan Jungkook rulni qattiqroq siqib gazni bosib bu joydan koʻzni ochib yumguncha gʻoyib boʻladi.
Yoʻl stansiyasi boʻylab harakat qilmoqda mashina. Sukunat oʻz taʼsirini ikkala yoshga ham oʻtkazmoqda. Qizning koʻzlari tungi shaharda boʻlsa, yigitning koʻzlari esa unda edi. Mashina yangiligi avtosalonidagi yangi oʻrindiqlardan chiqayotgan burunni achishishiga sabab boʻladigan hiddan ayon. Otasi unga bu mashinani bergandi. Biroq Jungkook qabul qilmagan toki Heyi qarshisiga chiqmaguncha. Bu sukunat Jungkook ni borgan sari bugʻmoqda. Boshi qiz tomon aylanadi.
- Heyi Kim... (Heyi sekin Jungkook tomon oʻgiriladi.
-Demak isming shu.. Oʻsha kun meni hayotimni asrab qolganing uchun sendan minnatdorman.
-Meni oʻrnimda boshqa odam boʻlsa ham shuni qilardi.
-Tunda menimcha hech kim tashqariga chiqmaydi. Ya'ni agar sen boʻlmaganingda habarlar meni qaytishim haqida emas oʻlimim haqida gapirishardi..
-Arzimas ish men uchun.. Sendan bitta iltimosim boʻladi mendan uzoq yur! Kelma yonimga hoʻpmi?
-Hoʻsh yana boʻsa bilan labingni yopaymiz little wolf?! Chunki mendan imkonsiz narsa soʻrayapsan!
-Nima?! Bunisi nimasi imkonsiz? Shunchaki mendan uzoq yurishingni soʻrayapmanku!
-Men ham buni qilolmayman deyapman!
Juftlik orasidagi suxbatga shu joyda nuqta qoʻyildi. Ortiqcha soʻzga oʻrin yoʻq ayni dam. Sukut yana oʻzini ishini boshladi. Quloqqa chalinayotgan mashinani motor ovozi ham rohatsizlik baxshi bermoqda ikkalasiga. Jungkook bir qoʻlini ruldan olmagan holda boshqa qoʻli ila kiyimini bir necha tugmasini boʻshatdi. Biroq bu bilan ish bermaydi nimadir uni tomon qismini kuchli darajada siqmoqda.. Endilikda Jungkook chuqur chuqur nafaslar ola boshladi. Birdan bosilgan tormoz sabab boshini oynaga urishga bir bahya qolgandi Heyini. Haydovchi oʻrindiqidan tezlik ila tushib ketgan Jungkook ga qarab qolgan Heyi ham uning izidan tushdi mashinadan. Nafas yoʻllari siqilmoqda. Havodan kislorod yutish borgan sari qiyinlashadi.