October 6

- BIG BAD WOLF -

𝟑-𝐸𝑃𝐼𝑆𝑂𝐷𝐸...

3. JEONNING QAYTISHI

-Mark Yonani olib ket... (Oʻta sokin ohangda ustidan hamon tutuni chiqib turgan qahvani hoʻplagancha dedi Jeon

-Nima qilay uni?

-Hohlaganing...

-Ammo u seni qizing!

-Qilolmasang ayt, boshqaga aytaman!

Uncha katta boʻlmagan hona. Estetikasi yigirmanchi asrlarni taqlid qilgandek hamma zebu ziynatlar yogʻochdan ishlangan. Ulardan tarqalayotgan burunga hush yoquvchi ifor esa bu honaga kirgan barchani oʻziga sarmast qila olardi. Jeonning koʻzlari shishgan, aftidan ancha paytdan beri uxlamaganligini sotib qoʻymoqda. Biroq uyqusiz tunlarning sababi nima? Bu safar Jeonning ko'zlari ularni kirish eshigi chetiga tomosha qilib turgan jajji koʻzlarda. Onasiniki bilan bir xil qarash.. Oʻsha kungi xotira jonlanadi. Afsuslanish. Ogʻriq. Pushaymonlik hissi sayr qilyapdi honani ayni dam... "Qizim... " degan jumla unga dunyolarcha baxtni his qildira oladigan yagona soʻz.. Qiz otasini onasiga qaraganda koʻproq yaxshi koʻrishadi deyishadi. Yagona quvonchi boʻlmish qizaloq, hozirda faqat ogʻriq va azobdan o'zgasini his qildira olmasdi. Biroq buni sababi nima? Nega qiziga qaraganda quvonishi kerak boʻlgan bu bir juft koʻzlar nafratni koʻradi? Ha.. Buning savolni javobi Jeondan boshqasiga nomaʼlum...

Kichkina Yona otasini chaqiruvi bilan qoʻlidagi hali kechagi tug'ilgan kunida sovgʻa qilingan ayiqchasini mahkam quchib uning yoniga shoshdi. Yumaloq koʻzlar, shishgan lablar, peshonasini yopib turgan bir necha tola soch va nim pushti yanoqlar. Jeonning koʻzi oldida suyukli yori boʻlmish 𝗛𝗲𝗿𝗶𝗿𝘂 gavdalandi. Qizaloq onasining kichraytirilgan nusxasi edi. Oʻsha qarash, oʻsha kulganda yanogʻida hosil boʻladigan chuqurliklar. Ota qizni bir tutam sochini olib qulogʻi ortiga oʻtqizgach uni koʻtarib tizzasiga joylashtirdi.

-Yonam.. Qizalogʻim..

-Ota.. Akam qachon keladilar?

Kichkina Yona hali hamon tili gapga uncha yaxshi kelishgan boʻlmasada gapirishga urinardi. Jeon bagʻridagi qizini yuzlaridan, sochlaridan, mitti qoʻlchalaridan toʻxtamay oʻpardi. Goʻyo so'nggi vidolashuv kabi uni mahkam bagʻriga bosdi. So'ngra esa sekin uni koʻtarib yerga qoʻydi.. Va qaltirayotgan lablari orasidan faqat va faqat bitta soʻzni chiqara oldi "Kechir" keyingi harakati Markka qarab imlash edi.

-Olib ket uni..

Olib.. Ket... Uni...! Qizaloq hali 4 yoshida boʻlsada gaplarni nimaga tenglashtirilayotganini yaxshi anglab turardi. Bir otasiga bir doim mehmon boʻlganda amaki deydigan Markka qaradi. Mayus boqish. Kichkina koʻzlardan qalqib chiqqan bir tomchi yosh. So'ngrasida bilaklaridan joy egallagan baquvvat qoʻl.
-Otajon~! Ota.. Meni olib ketmasinlar! Ota.. Iltimos... Sizni yoningizda qoʻlishni istayman. Ota.. !

Otasi tomon uzatilayotgan qoʻllar kelib ushlanishini kutmoqda.. 'Hom sut emgan banda, hom hayol qurishdan toʻxtamaydi' deganlaridek qizaloq jajji qoʻllarini otasi tomondan olmasdi. Qani edi ota qoʻli uni ushlasa, qani edi qizaloq dunyoni shavqatsiz bir maskan ekanligini hali toʻrt yoshida anglab yetmasa! Yanoqlar kulgi bezashi kerak boʻlgan paytda uning vazifasini koʻz yoshi a'lo darajada uddasidan chiqmoqda.. Qizaloq uyda qolish uchun yolvorib otasi yoniga ketishni istardi. Onasini jasadini koʻzlari bilan koʻrgan Yonani allaqachon oʻchib boʻlmas iz bilan siylangandi yuragi.. Shu daqiqada uyni eshiklarida ichkaridagi shovqin sabab otilib kirgan oʻn ikki yoshar Jungkook singlisini tortqilab borayotgan Markni koʻrishi bilan koʻzlari maksimal kattalashib ketdi.

-Nima qilyapsiz? Qoʻyib yuboring uni! Qanday haqqingiz bor uni oʻlib ketishga!

-JUNGKOOK!

Bu honadagi barcha koʻzlar bir insonga qadaldi. Jungkook otasiga umid koʻzlari bilan qarab oyoqlarini u tomon olib bordi.

-Ota! Yona ni olib ketyapdilar.! Toʻxtating ularni!

Jimlik. Ogʻizdan bir soʻz ham chiqmasdi. Oʻzini tushunarsiz sukunati saqlashga davom etgan Jeon odamlarga nimadir ishora etib oʻzini honasiga kirib ketadi. Otasini bu vaziyatga bee'tibor boʻlganligini sababini tushuna olmagan Jungkook yana Markni yoniga yugura olmasidan Jeonni odamlari uni ushlab qoldi.

-Qoʻyib yuboring meni! Lanat! YONA! SINGLIM..

Odamlar uni tortqilayotganiga ham qaramay singlisi yoniga majburlab bordi. Yona kichkina qoʻlidagi ayiqni oyoq qismini akasi tomon uzatgach Jungkook uni ushladi biroq qattiq tortish sabab ayiqni oyoqlari uzilib ketdi. Singlisini mashinaga mindirib ketayotganlarida hech narsa qila olmayotgan Jungkook qoʻlidagi ayiqcha oyogʻiga qarab qoldi. Quloqda chiyillash boshlanadi. Kuchsizlik. Ogʻir yutungan bolani koʻzidan bir tomchi yosh yanogʻidan sirpalib oʻsha ayiqni oyogiga tushadi. Ha u hech narsa qila olmadi. Yoshi uni katta ishlar qilishga kichiklik qildi. Chorasizlik uni butun badanini qo'lga olib boʻlgan. Oʻsha so'nggi masum qarash miyasiga oʻtkir tigʻli qurol bilan oʻyilgandek koʻz oldidan bir soniya boʻlsada yiroqlashmayapdi. U qilolmadi. Oyisiga bergan vadani baraja olmadi. Singlisini barcha yomonliklardan asrash uchun u kichkinalik qildi. . .

ˊˊHozirgi vaqtˋˋ

~ Oʻsha oʻsha qarash. Qoʻrquv aks etayotgan bu bir juft jigarrang koʻzlar. U mendan qoʻrqyapdimi? Tor, insoni kam koʻchaga kirib uni sekin yerga qoʻydim. Uning koʻzlarini oq joyi qizgʻish rangga kirgan, yigʻlayapdimi? Men sababmi? Hozirgi vaqtda nima qilish kerakli buni ham bilmayman. Shunchaki u juda hohlayotgan oʻsha "Kechirim" ni soʻrab undan uzoqlashib ketdim... Kechir boʻricham. Umid qilamanki bu bizning soʻnggi uchrashuvimiz boʻlmaydi.
Qora kepkamni boshimga yaxshilab oʻrnashtirib, bundan 6 yil oldin tark etgan maskanim tomon qadam boʻsdim. Oʻsha badavlat kishilarni oʻzlari kabi saroydek uylari.. Hayronman, nega bularni koʻz koʻz qilinshadi? Chamamda bir necha metrdan soʻng esa men olti yil oldin 'qayta qadam bosmayman' deb chiqib ketgan qoʻrgʻon qarshisiga kelib turdim. Qayta kelaman deb aqlimni bir uchidan ham oʻtirmagan ekanman.. Jumboqlarga boy hayot bizni nelarga majbur qilmaydi-a! Huddi film singari bu uyda kechirgan har bir lahzam koʻz oldimga kela boshladi. Baxtsiz onlarim aks etayotgan bu uyni birgina baxti bu ONAM edi. Oʻsha oyimni kulganda koʻzlari yumilib tabassum qilishi hamon yuragimga saqlanmoqda.. Yoʻq.. Ayni paytda tanam menga boʻysunmayapdi. Bu lanat uyga kirishga ruxsat bermagandek meni qorin qismimdan nimadir qattiq tortqilamoqda. Majburan boʻlsada temir darvozalardan oʻtib uyga kirish qildim.