8-sinf. Diagramma va grafiklarni hosil qilish va tahrirlash mavzularini takrorlash

MS Excel dasturi hosil qilingan diagrammalarga o‘zgartirish kiritish, ya’ni tahrirlash imkoniyatini ham beradi. Masalan, Format menyusi yordamida diagrammalar, avvalgi darsdagi rasmlarda ko‘rganingizdek, qiziqarli va ko‘rkam holatga keltirildi. Buni avvalgi darsdagi misollardan o'rgangansiz, albatta. Formatlash uchun diagramma yoki grafikning elementi tanlanib, Format menyusiga kiriladi. Bu holda menyu tarkibi tanlangan elementga mos bo‘ladi. Misollar:

y = 7x+21 funksiyaning grafigini [-3; 3] oraliqda 0,5 qadam bilan hosil qiling va tahrirlang.

Suvni kimyoviy tarkibini taqqoslovchi diagramma hosil qiling va formatlang.

Berilgan mashqlarni bajaring.

  1. Tomoni 8 ga teng bo‘lgan teng tomonli uchburchak, kvadrat va parallelogramm perimetrlarini taqqoslash diagrammasini hosil qiling.
  2. O‘zbekiston avtomobillarining tezlik ko‘rsatkichi va quvvatini taqqoslovchi diagramma hosil qiling va formatlang.
  3. y = 7x + 21 funksiyaning grafigini [–3; 3] oraliqda 0,5 qadam bilan hosil qiling va tahrirlang.
  4. Iqtisod fanidan olgan ma’lumotlaringiz asosida 5 xil mahsulot sotishdagi umumiy qiymatga nisbatan daromadni aks ettiruvchi diagramma hosil qiling. Tayyor diagrammaning ko‘rkam va mazmunli bo‘lishi uchun tahrirlang va formatlang.
  5. Avvalgi masalalardagi diagramma nomi, afsonasi va qiymatlar yozuviga o‘zgartirish kiriting.
  6. Respublikamizda yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarini (paxta, bug‘doy) viloyatlar kesimidagi ulushini ko‘rsatuvchi diagramma hosil qiling.
  7. A1 katakchadan A10 katakchagacha har xil uzunlikdagi so‘zlar kiritib, B ustunda ularning uzunligini hisoblang va taq- qoslash diagrammasini hosil qiling.
  8. Suvning kimyoviy tarkibini taqqoslovchi diagramma hosil qiling va formatlang.
  9. O‘zingizning o‘tgan choraklardagi o‘zlashtirishingizni taqqos- lovchi diagramma hosil qiling va formatlang.
topshiriqlarni @yordamchi133bot ga yuboring