Yayra Sa’dullayeva (1934)

Yayra Sa’dullayeva Ubaydullayevna 1934 yil 18 sentyabrda Toshkentning Sebzor dahasida tavallud topadi. 1953 yil Ulug‘bek nomli o‘rta maktabni kumush medal bilan tugallab, Toshkent Davlat universiteti (O‘zMU)ning filologiya fakultetiga o‘qishga kiradi.

Universitetni imtiyozli diplom bilan tugatgan bo‘lajak adiba mehnat faoliyatini gazetalar tahririyatida adabiy xodimlikdan boshlaydi. Keyinchalik 1964 yildan «Gulxan» jurnalida, 1971 yildan «G‘uncha» jurnalida bosh muharrirlik lavozimlarida xizmat qiladi.

Ya.Sa’dullayevaning qissa, hikoya va badiiy lavhalardan tashkil topgan quyidagi kitoblari chop etilgan: «Hayotning bir varag‘i» (1967), «Ko‘zlari xumor» (1968), «Ona ko‘ngli» (1972), «Kelinchak» (1975), «Ayol qadri» (1976), «Tom boshida tog‘ora» (1975), «Yaltiroq halqacha» (1975), «Qog‘oz qush» (1979), «Baxtli bo‘ling» (1980), «Zolotoye koltso» (1982, rus tilida ), «Oltin baxtim» (1984), «Bekinmachoq» (1987), «Chip-chipjon» (2004), «Katta hovli» (2005), «Ko‘cha to‘la bolalar» (2005).

"Yosh kitobxon" kitoblari