Rafiq Mo‘min (1900-1951)

Rafiq Mo‘min (taxallusi; asl ism-sharifi Mo‘minov Rafiq, 1900.7.2, Namangan — 1951.5.5) shoir, dramaturg, pedagog. 1917 yilda Ko‘qondagi dorilmualliminni tugatib, 1937 yil 27 mayda qatag‘on etilguniga qadar o‘qituvchilik qilgan.

Rafiq Mo‘min Farg‘ona vodiysiga ilmiy ekspeditsiya uyushtirib, «Zevak» («Yozi bilan Zebo») va b. asarlarni yozib olgan (1923). Adabiy faoliyati 1920 yildan boshlangan. U 20-yillarning boshlarida Farg‘ona vodiysida ro‘y bergan fojiali voqealar ta’sirida O‘g‘uzxon (H. Yo‘ldoshqoriyev) bilan hamkorlikda «Yosh qurbonlar», shuningdek, «Gulyor» va «Yoriltosh» pesalarini yozgan (1921).

Rafiq Mo‘minning she’riy ijodida «Qapchig‘ay» dostoni (1924) alohida o‘rinni egallaydi. Shoir bu dostondan tashqari, ko‘plab lirik she’rlar, «Bolaxo‘r», «Qizil qiz», «Zanglagan pichoq», «Tyanshan qizi» singari dostonlar ham yozgan (1926—27).

"Yosh kitobxon" kitoblari