Jahon
October 3, 2020
Sharif Hisoriy (XIX asr)
* * *
Ey dil, ishqda kuymasang, kuylashingdan ne foyda?
O‘zingni ahli dard deb o‘ylashingdan ne foyda?
Diling ichra xudodan qo‘rquvdan ham asar yo‘q,
Tun-kun namoz o‘qi deb so‘ylashingdan ne foyda?
Ekinga nima naf bor, bevaqt yoqqan yomg‘irdan,
O‘lim kelgan chog‘i «xay-xay»lashingdan ne foyda?
Dunyo fig‘on, zorlikning maqomidir, ey rafiq,
Hashr kuni zor yig‘lab «voy»lashingdan ne foyda?
Dedim: Tangrim, Sharifni qullikka qabul ayla,
Dedi: endi qulman deb sayrashingdan ne foyda?
Tojikchadan Hasanboy G‘oyib tarjimasi
"Yosh kitobxon" kitoblari
October 3, 2020, 06:08
0 views
0 reactions
0 replies
0 reposts