Jahon
October 3, 2020
Nosirjon Ma’sumiy
BAYTLAR
Azizim, men tomon bir bor nigoh qil,
Diling dardlaridan meni ogoh qil.
* * *
Ajib g‘unchadahondirsan azizam,
Nechog‘lik xushzabondirsan azizam.
* * *
Lablaringdan bir bo‘sa ber ey, suluv,
Ichgan bilan kamaymas daryo suvi.
* * *
Sadaf ichra gavhardek mehring dilda tutgan makon,
Boisi ushbudir: dilim sensiz yashay olmas bir on.
* * *
Ilk bor onam suti bilan sening mehring tuygan edim,
Gulzorga o‘rgangan gulbondek mehringga mushtoqman, Vatan!
* * *
Oftob olamni yoritgan chog‘idek,
Bilim odam uchun olam chirog‘idir!
* * *
Do‘stlar xonadoningiz doimo obod bo‘lsin,
Xonadon ahlingiz ham neknomu shod bo‘lsin.
Tojikchadan Hasanboy G‘oyib tarjimasi
"Yosh kitobxon" kitoblari
October 3, 2020, 06:15
0 views
0 reactions
0 replies
0 reposts