Jahon
September 8, 2020

Avetik Isaakyan (1875-1957; Armaniston)

Isaakyan Avetik Saakovich [1875.19(31).10, Kazarapat — 1957.17.10, Yerevan] — arman shoiri. Armaniston Fanlar akademiyasi akademigi (1943). Seminariyada o‘qigan (1889—92). 1911—36 yilda chet elda yashagan. Armaniston Yozuvchilar uyushmasi boshqaruvi raisi (1946—57).
Dastlabki she’r va dostonlarida ijtimoiy zulmga qarshi kurashgan xalq qahramonlari madh etilgan, inson taqdiri, kelajagi haqidagi fikrlar bayon etilgan («Qo‘shiqlar va jarohatlar», 1897; «Abul A’lo al-Ma’arriy», 1909—11 va b.). «Sasma Mger» dostoni (1919, 1937 yilda qayta ishlangan) arman xalq eposi «Sosunli Dovud» mavzusi asosida yaratilgan.
«Bizning tarixchilarimiz va bizning gusanlar» (1939), «Vatanimga» (1940), «Arman me’morchiligi» (1942) va boshqa turkum she’rlari mashhur. 2-jahon urushi yillarida yozgan jangovar ruhdagi she’rlari («Qalbim mening tog‘lar cho‘qqisida», 1941; «Ulug‘ g‘alaba kuni» 1945 va b.) xalq qo‘shiqlariga aylangan.
Ayrim asarlari («Poema va she’rlar», 1961; «Abul A’lo al-Ma’arriy», 1976) o‘zbek tiliga tarjima qilingan.

"Yosh kitobxon" kitoblari