Jahon
September 6, 2020

Abdug‘affor Abdujabborov

Abdug‘affor Abdujabborov – tojikistonlik taniqli nosir, tarjimon, dramaturg. Tojikiston Badiiy akademiyasining akademigi. U 1956 yil 11 avgustda tug‘ilgan. Sankt-Peterburg davlat universitetining Jurnalistika fakultetini tamomlagan. Ancha yillar respublika televideniyesida, Tojikiston Madaniyat vazirligida mas’ul lavozimlarda xizmat qilgan.
Adibning yigirmadan ziyod kitobi chop etilgan. Asarlari o‘zbek, rus, qozoq, qirg‘iz, hind va ingliz tillariga tarjima qilingan.
Abdug‘affor Abdujabborov tarjimonlik faoliyati bilan ham samarali shug‘ullanmoqda. Uning ona tiliga o‘girgan tarjimalari orasida Najib Mahfuz, Gabriel Garsia Markes, Valentin Rasputin, Somerset Moem, Alber Kamyu, Bernard Shou, Aleksey Dudarev, Mar Bayjiyev va boshqa mashhur yozuvchilarning asarlari bor.

"Yosh kitobxon" kitoblari