May 26, 2022

Xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha yuqori ball (daraja) olgan yoshlarga imtihon topshirish xarajatlarini toʻliq qoplab beriladi.

Imtiyoz haqida:

Ariza beruvchi davlat xizmatlari markaziga kelib murojaat etgan taqdirda, uning so‘rovnomasi davlat xizmatlari markazi xodimi tomonidan to‘ldirilib, ariza beruvchi tomonidan tasdiqlangandan so‘ng 10 daqiqa mobaynida, YaIDXP orqali murojaat etganda, avtomatik tarzda Yoshlar ishlari agentligiga elektron shaklda yuboriladi.

Quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda, ariza beruvchiga mazkur Reglamentda nazarda tutilgan kompensatsiya to‘lab beriladi:

imtihonlarning biri yoki bir nechtasi bo‘yicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiya qilinishi uchun to‘planishi lozim bo‘lgan yuqori ball (daraja)ning minimal ko‘rsatkichi yoki undan yuqori natija qayd etilganda;

maxsus sertifikat berilgan sanadan boshlab 180 kalendar kun o‘tmasdan kompensatsiya to‘lashni so‘rab ushbu Reglamentda belgilangan tartibda murojaat qilganda;

maxsus sertifikatda ko‘rsatilgan imtihon natijasining haqiqiyligi va to‘g‘riligi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tasdiqlanganda.

Murojaat qilish jarayonida ariza beruvchi kompensatsiyani olish uchun o‘ziga qulay hududdagi Xalq banki filialini tanlaydi.

Yoshlar ishlari agentligi ariza beruvchining murojaati YIDXP orqali tushgan paytdan boshlab 15 kalendar kun mobaynida maxsus sertifikatni verifikatsiyadan o‘tkazadi.

Agar maxsus sertifikatning haqiqiyligini verifikatsiya orqali aniqlashning imkoni bo‘lmasa, Yoshlar ishlari agentligi imtihon tashkil etishga mas’ul vakolatli tashkilotga maxsus sertifikatning haqiqiyligini so‘rab so‘rov yuboradi. Bunda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan yuborilgan so‘rovning elektron shakli (pdf formatda) idoralararo elektron tizimga joylashtirilganda, maxsus sertifikatning haqiqiyligini tasdiqlatish muddati 30 kalendar kunga uzaytiriladi.

Muqaddam imtihonlarning bir turi bo‘yicha imtihon topshirish xarajati kompensatsiyasini olgan ariza beruvchi imtihonlarning boshqa turi bo‘yicha minimal ko‘rsatkich yoki undan yuqori natija qayd etsa, unga ushbu Reglament talablariga muvofiq kompensatsiya to‘lab beriladi.

Mas’ul tashkilot:

Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi

Kimlar uchun?

Roʻyxatda keltirilgan Xalqaro imtihon tizimlarida kerakli ball toʻplagan va yoshi 30 dan oshmagan yoshlar

Imtiyozni taqdim etish tartibi va muddatlari

1) imtihon topshirish xarajati to'langanini tasdiqlovchi to'lov kvitantsiyasi (pdf formatda);

2) maxsus sertifikat (pdf formatda).

Huquqiy asos

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 13.04.2021 yildagi "Xalqaro imtihon tizimlari bo'yicha yuqori ball (daraja) to'plagan yoshlarga imtihon topshirish harajatlarini to'liq qoplab berish tartibini joriy etish to'g'risida" gi 209-son qarori

https://lex.uz/docs/5370812