Y
@yoshonakundaligi
14 posts

Bolalarda pulga oqilona munosabatni qanday tarbiyalash kerak?

"Farzandlar bilan pul haqida qaysi yoshdan boshlab gaplashashish mumkin?" degan savol ko’pgina ota-onalarni bola ulg’ayishni boshlaganda va maktabga tayyorlanayotganda tashvishga solishni boshlaydi. Ya’ni, ular kundalik muammolarni mustaqil ravishda hal qila oladimi, masalan, maktab oshxonasida yegulik sotib olishi mumkinmi degan savollar haqida o'ylashni boshlaganlarida. Aytgancha, bugungi kunda ko'plab maktablarda naqdsiz to'lov shakllari, ya'ni karta bilan to'lovlar tashkil qilingan. Shunga ko'ra, bu yerda ham quyidagi savollar paydo bo'ladi: kartani qanday to'ldirish mumkin? Buni kim amalga oshiradi? Bola kartani yo'qotib qo’ysa nima qilish kerak? Bolada qanday cho'ntak xarajatlari bo’lishi mumkin? Oziq-ovqat va sarf-xarajatlar...

Nega “kichik odamchalarda” ich buzilishi kuzatiladi?

Bolajonlarning ichi gohida me’yoriy, gohida suyuq, gohida esa qotib qoladi. Bu qandaydir kasallik belgisimi yoki odatiy holmi?

NOTO’LIQ OILАDА BOLА TАRBIYASI

💖 Sevgi… Nikoh…Nikohning birinchi maqsadi odam naslini ko’paytirishdir👶👧👦.

Geometrik shakllar haqida ertak.

Kunlardan bir kun Uchburchak bilan To‘rtburchak tortishib qolishibdi.

Ota-onalar diqqatiga: bolangizda kamqonlik bo'lsa...

👶 Chaqaloqqa barvaqt sunʼiy ovqatlar berish, echki va sigir suti bilan boqish, faqat sutli yoki xamirli ovqatlar isteʼmol qilish, goʻsht mahsulotlarini kam yeyish, shuningdek, temir, mis, rux, kobalt, marganets singari minerallarga extiyoj ortishi temir yetishmovchiligiga olib keladi.

Grippni oldini olish chora-tadbirlari...

Gripp — keng tarkalgan yuqimli o’tkir respirator kasallik bo’lib, uning virusi bemor odamdan yo’talganda, havo tomchi yo’llari orqali sog’lom odamga tez yuqadi. Gripp kasalligi yilning har qanday faslida ham uchrashi mumkin, ammo kasallik ko’proq yilning sovuq-salqin fasllarida keng tarqaladi. Bunday mavsumiylikning sabablaridan biri, sovuq faslda odamlar o’z vaqtlarini ko’pincha yopiq xonalarda, binolar ichida o’tkazishlari, binolarda xavo almashinuvining yomonlashuvudir.

Mijozingizni bilib oling!

M.Norbekovning "Tentakning tajribasi" kitobida yozishicha, har kim yil fasllari va mijoziga qarab ovqatlansa foydadan xoli bo‘lmaydi. Yegan ovqatimiz bizning aqliy va jismoniy rivojlanishimizga, qolaversa emotsional holatimizga ham ta'sir ko'rsatar ekan. Bolalarda ham shunday. odatda bolalarning mijozi xo'l bo'ladi, yoshi kattalashgan sari o'zgarib boradi. Hattoki, oddiygina shamollashlarni ham mijozga qarab davolansa, asoratlarsiz o'tib ketar ekan. Farzandingiz shamollasa: "Darrov yog'ni biroz qizdirib massaj (uqalab) qilib qo'y" - degan gapni eshitgandursiz. Bu bekorga emas. Uqalash muolajalari mijozni mo‘tadil qiladi, shuningdek, organizmda umumiy moddalar almashinishini faollashtirib, ichki a’zolarimiz funksional va hayot...

Agar bola odamovi bo’lib o’sayotgan bo’lsa: ota-onalar uchun foydali tavsiyalar!

Afsuski, odamovilikdan xalos bo'lishning universal usuli yo'q. Biroq, kattalar o'z faoliyatlarini qancha oldinroq boshlasalar, vaziyatni yaxshilash ehtimoli shuncha yuqori bo'ladi.

Agar farzandingiz odamovi bo’lib o’sayotgan bo’lsa!

Shunday holatlar mavjudki, bunda bola atrofidagi olamni, uning shaxsiy ichki dunyosiga da'vo qiladigan insonlar yashaydigan noqulay, adovatli joy deb biladi. U o'zi bilan o’zi bo’lib qoladi va hech kim bilan, hatto tengdoshlari bilan muloqot qilishni istamaydi. Agar bola odamovi bo'lib o’ssa, ota-ona darhol, kechiktirmasdan harakatga tushishi kerak. Vaziyat nafaqat o'z-o'zidan o'zgarmaydi, balki, yoshi ulg’aygan sari faqat chuqurlashadi.

FARZANDINGIZ QAYSI KASB EGASI BO‘LADI?

Har bir insonning o‘ziga xos iste’dodi va tafakkur kuchi bor. Farzandingiz hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun uning tabiatan kuchli tomonlarini o‘stirishingiz lozim. Psixolog Govard Gardner buni "ko‘pqirrali intellekt" tushunchasi orqali teran yoritgan.