O'zbekistonga Jahon savdo tashkiloti kerakmi yoki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqimi?
Jahon savdo tashkiloti(JST) 1995-yilda tashkil topgan bo'lib, hozirgi kunda rasman 133 ta mamlakat a'zo va 10 ta mamlakat kuzatuvchi maqomiga ega.O'zbekiston ham JSTga a'zo bo'lish uchun harakatlarni boshlagan,hozirgi kunda kuzatuvchi maqomini egallab turibdi. JSTga a'zo bo'lgan mamlakatlarning iqtisodiy ahvoli keskin rivojlanib bormoqda,darhaqiqat mamlakatning boshqa mamlakatlar bilan munosabatlari qanchalik yaxshi bo'lsa,uning rivojlanishi ham kuchli bo'ladi.JST ga a'zo mamlakatlar bir-birini har tomonlama qo'llab-quvvatlaydi,o'zaro iqtisodiy erkinliklar,yengilliklar yaratadi. Huddi shunday imkoniyatlarga erishish uchun ham O'zbekiston JSTga a'zo bo'lishi kerak,a'zolik uchun harakatlar 2019-yilda kuchaydi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi(YeOII)2015 yilda tashkil topdi va hozirgi kunda 5 ta mamlakat a'zo ,O'zbekiston unda kuzatuvchi maqomini egallagan. YeOII ga a'zo bo'lish ham O'zbekiston iqtisodini rivojlanishiga yordam beradi.O'zbekistonning tashqi iqtisodiy munosabatlarida muhim o'rinni egallagan Qozog'iston va Rossiya YeOII ning asosiy qismidir.
Xulosa qilib aytganda, dunyoda o'z o'rniga ega bo'lgan yirik tashkilot JST ga a'zo bo'lish mamlakatimiz iqtisodini sezilarli darajada yaxshilaydi va dunyo bozoriga chiqishi,shu bilan birga mamlakatlar bilan munosabatlarini yaxshilashiga yo'l ochadi,lekin,menimcha hozirgi holatida YeOII a'zo bo'lishi kerak .Chunki JST ga a'zo bo'lishning me'zonlari,talablari mavjud va bu standartlarga O'zbekiston yetarli darajada javob bera olmaydi. Kelasi yaqin yillarda mamlakatimiz yanada rivojlanib, JST ga ham a'zo bo'lishini kutib qolamiz.