"Oila obod bo‘lsa, mamlakat obod bo‘ladi”, “Oila - Ma’naviyat beshigi” mavzularida ma'rifat soati o'tkazildi.
Joriy yilning, 13-may kuni Turizm va mehmonxona xo'jaligi kafedrasi professor-o'qituvchilari tomonidan Oila obod bo‘lsa, mamlakat obod bo‘ladi”, “Oila - Ma’naviyat beshigi” mavzusida ma'rifat soati tashkil etildi.
Har yili 15-may kuni nishonlanadi. Ushbu kun BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1993-yilda A/RES/47/237 rezolyutsiyasi bilan e’lon qilingan va xalqaro hamjamiyatning oilalarga berayotgan ahamiyatini aks ettiradi.
Bizning mamlakatimizda ham ayollar jamiyatimizning ajralmas bo‘g‘ini bo‘lib, ularning huquq va manfaatlarini to‘liq ta’minlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalari yangi qabul qilingan Konstitutsiyamiz, “Taraqqiyot strategiyasi – 2030” va O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish Strategiyasi kabi konseptual hujjatlarda o‘zining to‘liq ifodasini topgan.