May 13, 2025

Scarlet whispers

Chanel: Minsu_ffic

Scarlet Whispers – 1-qism: Qizil Tun

Shahar tungi hayotga shay edi. Musiqa, atir hidi, ichimliklar — hammasi odamlarga yoqardi, lekin bu yerda hamma narsa ham shunchaki ko‘rinadiganidek emasdi.

Yuri mashinadan tushdi-da, klub eshigiga qarab yurdi. Qora ko‘ylak, uzun sochlar… go‘yo yengil, lekin ko‘zlarida nimadir bor edi — nimadir xavotirli, nimadir shubhali.

"Shunaqangi yo‘q bo‘lib ketasan, keyin xuddi hech narsa bo‘lmagandek paydo bo‘lasan-a?"

Yuri ovoz kelgan tomonga burildi. Jin devorga suyanib turardi, qo‘llarini cho‘ntagiga tiqib, unga iljayib qaradi.

Yuri jilmaydi. "Men hech qachon yo‘q bo‘lmayman."

Jin qoshini ko‘tarib, past ovozda kuldi. "Voy-voy, sen bilan gaplashish qiziq ekan."

Shu payt tepada nimadir shovulladi. Taehyung zinadan pastga tushib kelar, RM esa uning yonida, odatdagidek jiddiy qiyofada yurib borardi.

RM Yurini ko‘rib boshini qimirlatdi. "Nega kecha yo‘q eding?"

Yuri beparvo yelkasini qisdi. "Ishlarim bor edi."

Taehyung lablarini qimirlatib, biroz jilmaydi. "Ha-a, o‘zing aytasana, kim bilandir ovora bo‘lib qolgansan?"

U bu gapni shunaqa aytdiki, Yurining ko‘zlari o‘ynab ketdi. Bu yigitlar bilan hazillashish qiyin edi. Bu yerda har bir so‘z orqasida yashirin bir ma’no bor edi.

Eshik ochildi. Suna va Lisa kirib kelishdi. Ularning nigohlari shubhali edi.

Lisa atrofiga qarab, sekin gapirdi: "Hamma tayyormi?"

Suna kulimsirab, RM tomonga qaradi. "Tun endi boshlanyapti, aka."

Havoda keskinlik bor edi. Bu tun oddiy tun emasdi. Bu tun o‘zgacha narsa sodir bo‘lishi aniq edi.Tungi klub ichi allaqachon qizib ketgan. Yaltiroq chiroqlar, quloqni yorib yuboradigan bass, mast bo‘lib, o‘zini yo‘qotgan odamlar… Ammo bu yerda shunchaki kayf qilish uchun kelganlar ham, yashirin rejalar bilan kirganlar ham bor edi.

Yuri bitta stakandan sipqorib, stol yonida turardi. Uning yonida Jin joylashib olgan, beparvo ko‘rinish berayotgan bo‘lsa-da, atrofni kuzatardi.

"Sen bilan har doim shunaqa bo‘ladi," — dedi Jin, stakandagi ichimlikni sekin aylantirib.

"Nima?" — dedi Yuri unga bir qarab.

"Yana qaysidir baloga aralashib qolgansan."

Yuri kulimsiradi. "Men aralashmayman, odamlar meni o‘zlari tortib ketishadi."

Jin bosh chayqab, nimadir demoqchi bo‘ldi, ammo shu payt klubning orqa eshigidan Taehyung va RM kirib kelishdi. Ikkovining ham ko‘zlari jiddiy, yurishlari esa keskin edi.

"Bizga muammo yaqinlashib kelayapti," — dedi RM beparvo ohangda, lekin ko‘zlarida keskinlik bor edi.

"Qanaqa muammo?" — so‘radi Jin.

Taehyung stakanni olib, bitta urib ichdi-da, Yuriga qaradi. "Sen orqangga qarab yurishing kerak, Yuri. Kimdir seni kuzatyapti."

Yurining yuragi shuv etib ketdi. "Kim?"

RM yelkasini qisdi. "Shuni bilish uchun sen bilan biz o‘ynashib o‘tirmaymiz. Lekin bu odamlar jiddiy. Biz ham shunga tayyor turishimiz kerak."

Shu payt klub eshigi ochildi. Lisa va Suna ichkariga kirdi. Ikkovining ham yuzi qotib ketgan, ko‘zlarida esa ogohlantirish bor edi.

"Ular allaqachon shu yerda," — dedi Lisa sekin.

Yuri vaqti yetib kelganini tushundi. Bu o‘yin allaqachon boshlanib bo‘lgan edi.

Klub ichi tobora shovqinli bo‘lib borardi, lekin Yurining quloqlari atrofdagi odamlarning shovqiniga emas, balki Lisa aytgan gapga qaratilgan edi:

"Ular allaqachon shu yerda."

Kim ular? Qayerdalar? Yuri asta-sekin atrofga ko‘z yugurtirdi, lekin hech qanday shubhali odamni ko‘rmadi. Lekin ich-ichidan nimadir noto‘g‘ri ekanini his qildi.

Jin stakandagi ichimligini ohista aylantirib, RM va Jungkookga bir qarash tashladi. "Demak, reja bo‘yicha harakat qilamizmi?"

RM biroz o‘ylanib turdi-da, bosh irg‘adi. "Hamma joyida tursin. Hech kim ortiqcha shovqin qilmasin."

Lisa va Suna jim qarab turishardi. Ular bu o‘yin qoidalarini yaxshi bilishardi. Bu endi shunchaki tungi klub yoki kayf qilish emasdi. Bu — jang edi.

Shu payt Yurining yonidan bir yigit o‘tib ketdi. Unga ko‘z qirim bilan qarashga ulgurdi — qora kiyim, yuzida yarim niqob. U faqat Yuriga qarab, hech narsa demay o‘tib ketdi.

Yurining yuragi tez ura boshladi.

"Ko‘rdinglarmi?" — dedi u past ovozda.

"Ha," — dedi Jungkook, stakanni labiga yaqinlashtirib. "Ular bizni sinayapti."

Shu payt orqa eshikdan yana kimdir kirdi. Bu safar bu odam aniq maqsad bilan kelayotgandi. Uning yurishidan, ko‘zlaridan tushunish mumkin edi.

Suna sekin lab tishladi. "Hozir jiddiyroq narsalar boshlanadi…"

Hamma tayyor edi. Bu tun oddiy tun bo‘lmasdi.