#yangilik
Adliya vazirligi yuridik texnikumlari reyting ko‘rsatkichlarini oshirishga qaratilgan masofaviy seminar-treninglar yakuniga yetdi.
Yuridik texnikumlar reytingi samaradorligi va natijadorligini oshirishga ko‘maklashish maqsadida Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan 2022-yilning 16 – 22-fevral kunlari masofaviy seminar-treninglar o‘tkazildi.
Masofaviy seminar-treninglar davomida TDYU professor-o‘qituvchilari tomonidan yuridik texnikumlarning turli yo'nalishlar bo‘yicha faoliyat kesimida reyting ko‘rsatkichlarini oshirish, bu borada koʻzlangan natija va maqsadlarga erishish yuzasidan rahbar va pedagog xodimlarga tavsiyaviy ko‘rsatmalar berib borildi.
Seminar-treninglarning yakunida har bir yuridik texnikum direktorlari o'zlarining istiqbolda amalga oshirilishiga qaratilgan yo'l xaritalarini ishlab chiqdi.
Mazkur yo'l xaritasida yuridik texnikumlarga xorijiy fuqarolarni jalb etish, o'quv-jarayonini sifat va samaradorligini oshirish, nufuzli xalqaro va respublika fan olimpiadalari, sport musobaqalari va boshqa tanlovlarda g‘olib bo‘lgan yuridik texnikum o'quvchilarning ulushini oshirish, xorijiy pedagoglar, shuningdek, ilmiy darajali hamda chet tili va fanlarni bilish darajasi to‘g‘risidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan pedagoglarni jalb etish, shuningdek, ish bilan ta’minlangan bitiruvchilar va oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan o‘quvchilar safini kengaytirish masalalari asosiy vazifalardan biri etib belgilab olindi.