February 23, 2022

#yangilik


Toshkent shahar yuridik texnikumida "Business networking" loyihasi bo'yicha mahorat darsi bo'lib o'tdi.

"Biznes va huquq hamkorligi" mavzusidagi dars mashg'uloti TDYU Biznes huquqi kafedrasining katta o'qituvchilari Jaloliddin Askarov, Aziza Ibragimova va Maqsuda Tadjibayevalar tomonidan olib borildi.

Zamonaviy interaktiv metodlar asosida tashkil etilgan dars qizg'in bahs-munozaralarga boy bo'ldi va o'quvchilarning takliflariga binoan loyihaning kelgusi mahorat darslariga muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar va top-menejerlar taklif etilishiga kelishib olindi.

Telegram | • Instagram | • Facebook