March 3, 2022

#yangilik


Adliya vaziri R.Davletov tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan onlayn uchrashuv oʻtkazdi

Xabaringiz bor, kuni kecha Davlat rahbari raisligida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yangi bosqichga koʻtarish va ayollarning jamiyatdagi oʻrnini yanada yuksaltirish va mustahkamlash masalalari boʻyicha videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Prezident tomonidan ayollarni ijtimoiy himoya qilishni tubdan kuchaytirish va bu boradagi yondashuvlarni qayta koʻrib chiqish vazifasi qoʻyildi.

Shuningdek, Davlat rahbari tomonidan yurtimizda “Ayol baxtli boʻlsa, jamiyat baxtli boʻladi”, degan ezgu qarash hayotimiz qoidasiga aylanishi uchun barchamiz birgalikda harakat qilishimiz kerakligi alohida taʼkidlandi.

Ushbu sohada Adliya vazirligi har doim oʻziga yuklatilgan vazifalarni toʻliq bajarib, oʻz pozitsiyasiga ega davlat organi hisoblanadi.

Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning fevral-mart oylari “Xotin-qizlar huquqlari boʻyicha dolzarb ikki oy” deb eʼlon qilingan.

Ushbu loyiha doirasida Adliya vaziri R.Davletov vazirlik tizimida faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar bilan videokonferensaloqa orqali ochiq muloqot oʻtkazdi.

Telegram | • Instagram | • Facebook