March 31, 2022
#yangilik
Avval xabar qilganimizdek, Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi tashabbusi bilan "Yangi O'zbekiston yoshlari - Uchinchi Renessans drayverlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur konferensiyada Qashqadaryo viloyati yuridik texnikumi direktori Risolat Abdullayeva, QarDU professori, senator Abdurahim Erkayev, QarMII dotsenti Saxodat Murtozova hamda texnikumning mas’ul xodimlari va o‘quvchilar ishtirok etdi.
Dastlab R.Abdullayeva yuridik texnikudagi o‘quv jarayoni, ilmiy salohiyat, xalqaro hamkorlik borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib o‘tdi.
Shundan so‘ng, texnikum direktori tomonidan konferensiyani tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar mazmun-mohiyati xususida soʻz yuritilib, kelgusida bu kabi konferensiyalarni tashkil etish, ta'lim muassasalarining mutaxassislari oʻrtasida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, huquqiy taʼlim va fanni rivojlantirishga xizmat qilishi taʼkidlandi.