March 11, 2022
#yangilik
"Faol kitobxon" ko'rik tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʼsh vaqtini mazmunli tashkil etish boʼyicha beshta muhim tashabbus ijrosini taʼminlash maqsadida Farg‘ona viloyati yuridik texnikumida kitobxonlik madaniyatini oshirish, mutolaa koʼnikmalarini shakllantirish kitob o'qishga bo'lgan qiziqishlarini yanada mustahkamlash maqsadida "Faol kitobxon" ko'rik tanlovi o'tkazildi.
Ko'rik-tanlovi ishtirokchilari 4 ta shart bo'yicha bellashdi.
1-shart. “Badiiy asarlar bilimdoni” sharti.
2-shart. “Tezkor savol-javob” sharti.
3-shart. “Buyuk mutafakkir va adib”.
Koʼrik-tanlov yakuniga ko‘ra gʼoliblar faxriy yorliq va esdalik sovgʼalari topshirildi.
Kitobxon oʼquvchilar quyidagicha nominatsiyalar bilan taqdirlandilar:
“Faol kitobxon” 7-20 guruh oʼquvchisi Nabijonov Jasurbek
“Eng namunali kitobxon” 16-21 guruh oʼquvchisi Rahmatov Umidjon
“Eng zukko kitobxon” 4-20 guruh oʼquvchisi Bozorova Diyora
“Eng iqtidorli kitoxon” 12-21 guruh oʼquvchisi Uzoqov Ilhomjon
“Eng ijodkor kitobxon” 7-20 guruh oʼquvchisi Isomilov Tolanboy
“Eng izlanuvchan kitobxon” 14-21 guruh oʼquvchisi Azimova Odinabonu