February 7, 2022
#yangilik
Adliya vazirligi yuridik texnikumlarida yakuniy nazorat ishlari haftaligi boshlandi
Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining 2-bosqich kunduzgi va sirtqi shaklda tahsil olayotgan o’quvchilari uchun 1-semestrning yakuniy nazorat ishlari haftaligi boshlandi.
Yakuniy nazorat ishlari haftaligi tasdiqlangan jadval asosida tashkil etilib, sinovlarning shaffofligini taʼminlash maqsadida har bir guruhga nazoratchi pedagog-xodimlar biriktirildi.
Kafedrada tayyorlangan yakuniy nazorat ishlarining savollari oʻquv-metodik boʻlimda koʻrib chiqilib, tasdiqlangan holatda oʻquvchilarga taqdim etildi.
Yakuniy nazorat ishlari hafta so'ngiga qadar davom etadi.