February 25, 2022
#yangilik
Samarqand viloyati yuridik texnikumida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati namoyish etildi
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbuslari ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand viloyati yuridik texnikumida tashkil etilgan to’garaklar faoliyati doirasida turli xil tadbirlar bo'lib o'tdi.
Tadbirda shahar hokimligining mas'ul xodimlari, “Sartepo” hamda “Yangiqo’rg’on” MFY faollari, Yoshlar ishlari agentligi vakillari hamda uyushmagan yoshlar ishtirok etdi.