April 5, 2022
#yangilik
Toshkent shahar yuridik texnikumida Toshkent davlat yuridik universiteti professori, yuridik fanlar doktori E.Kadirov tomonidan Konstitutsiyaviy huquq fanidan “Mahorat darsi” bo‘lib o‘tdi.
Dars davomida Konstitutsiyaviy huquqning predmeti, huquq sohalari, davlat hokimiyati taqsimlanish tamoyili, Parlamentning roli, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining shakllanish tartibi va Oliy Majlis faoliyati haqida to‘liq ma’lumotlar berildi hamda Konstitutsiyaviy huquq fani malakali yurist mutaxassislarini tayyorlashda muhim ahamiyatga ega ekanligi xususida alohida to‘xtalib o‘tdi.